Prezident Uendi Sherman bilan strategik sheriklikni yanada rivojlantirishni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu SShA vo glave s pervim zamestitelem gosudarstvennogo sekretarya Uendi Sherman.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu SShA vo glave s pervim zamestitelem gosudarstvennogo sekretarya Uendi Sherman. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari bilan Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashdi.
TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uendi Sherman boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston-AQSh strategik sherikligini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining joriy yil oxirigacha Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi yig‘ilishining kun tartibini puxta tayyorlash muhim ekani ta’kidlandi.
Siyosat va xavfsizlik, savdo, investitsiya va innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, gumanitar almashinuvlar kabi ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.
Pandemiyaga qarshi kurashishda, shu jumladan amaldagi global dastur doirasida O‘zbekistonga vaksinalar yetkazib berish masalasida ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Amerika tomoniga alohida minnatdorlik bildirildi.
Mintaqaviy, shu jumladan “AQSh – Markaziy Osiyo” muloqoti hamda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim kengashi doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashildi. O‘zbekistonning afg‘on xalqiga ko‘maklashish hamda qo‘shni mamlakatda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishi va uning iqtisodiy tiklanishiga xizmat qiladigan loyihalarni ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlari yuksak baholandi.
Yangiliklar lentasi
0