Turizm

Times Oʻzbekistonni "aql bovar qilmaydigan" joylar beshligiga kiritdi

© Iz lichnogo arxiva Sergeya AksenovaMedrese Sherdor na ploщadi Registan v Samarkande
Medrese Sherdor na ploщadi Registan v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.10.2021
Ipak yoʻli romantikasini his qilishni hamda gʻayrioddiy narsalarni kashf etishni istaganlarni Times Oʻzbekistonga tashrif buyurishga undadi.
TOSHKENT, 4 okt - Sputnik. Britaniyaning The Times nashri Oʻzbekistonni dam olish uchun eng jozibador joylar roʻyxatiga kiritdi.
Unda Oʻzbekiston Avstraliya, Hindiston, Mekong daryosi va Norvegiyaning mashhur fyordlaridan keyin beshinchi oʻrinni egalladi.
Tomoshabop joylar koʻp: Muzeylar va sovet binolariga boy Toshkent, Tamerlanning zarhal poytaxti Samarqand, Registonning koʻk rangda bezatilgan masjidlari - dunyoning qadimiy moʻʼjizasidir.
Nashr shuningdek, Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan Buxoro shahri va uning imoratlarining gʻisht rangi choʻlga mos ekanini qayd etgan.
Xivada esa - 1500 yillik islomiy meʼmorchiligi shu qadar yaxshi saqlanib qolganki, bu joy osonlikcha "blokbasterning foniga" aylanishi mumkin, - deb yozadi Times.
Undan tashqari, nashr Oʻzbekistonga kelish uchun viza talab etilmasligini hamda noodatiy yangi joylarga borishni istagan sayohatchilar uchun Oʻzbekiston eng chiroyli joylardan biri ekanini qayd etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala