Twitter "Tolibon"* sahifalarini bloklay boshladi

© Sputnik
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2021
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoq rahbariyati hozircha cheklovlarning aniq sabablarini keltirib o‘tmagan, biroq "Tolibon"* vakilining sahifasida sahifa shubhali faollik qayd etilgani uchun bloklangani ko‘rsatilgan.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Twitter ijtimoiy tarmog‘i Afg‘oniston hukumatining madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabiulla Mujohidning toliblar tomonidan yaratilgan akkauntini blokladi.
Ijtimoiy tarmoq rahbariyati hozircha cheklovlarning aniq sabablarini keltirib o‘tmagan, biroq "Tolibon"* vakilining sahifasida sahifa shubhali faollik qayd etilgani uchun bloklangani ko‘rsatilgan.
"Diqqat: ushbu akkaunt vaqtinchalik cheklangan. Siz ushbu ogohlantirishni ushbu akkauntda g‘ayrioddiy faollik kuzatilgani uchun ko‘rmoqdasiz", - deb yozilgan Mujohidning Twitterdagi sahifasida.
Vzriv v Kabule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2021
Kobulda masjid oldida ro‘y bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetdi
Salam Watandar radiostansiyasi xabariga ko‘ra, radikalning sahifasi u kuni kecha Idgoh masjidi yonida yuz bergan terakt tafsilotlarini ommaga e’lon qilganidan so‘ng bloklangan.
Ma’lumki, Mujohidning onasi bilan vidolashuv marosimida "Islom davlati"* jangarisi portlovchi qurilmani ishga tushirgan. Favqulodda hodisa oqibatida 12 fuqaro qurbon bo‘lgan, yana 32 kishi jarohatlangan.
Shundan so‘ng toliblar "ID"*ga qarshi maxsus operatsiyani boshlagan va bir guruh terrorchilarni yo‘q qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mujohid, Afg‘onistonning hozirgi hukumatining boshqa vakillari singari Twitterda faolligi bilan ajralib turadi.
Jangarining sahifasida Afg‘onistondagi ichki vaziyat bilan bir qatorda radikallarning tashqi dunyo bilan aloqalariga tegishli "Tolibon"*ning rasmiy farmoyishlari va bayonotlari e’lon qilib boriladi.
* - Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0