Xitoylik olim: dunyoda yangi halokatli virus paydo bo‘ladi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishMasochniy rejim v Moskve
Masochniy rejim v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2021
Obuna bo‘lish
Kelajakda dunyo "X virus" deb atalmish hali xarakteristikalari hech kimga ma’lum bo‘lmagan virusga albatta ro‘baro bo‘ladi, deya ogohlantirmoqda xitoylik mutaxassis
TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Insoniyat kelajakda yangi virusga ro‘baro bo‘ladi, shu bois qarshi choralar bo‘yicha tayyorgarlik choralarini ko‘rish bo‘yicha hamkorlik tamoyillarini ishlab chiqish lozim, deb bayonot qildi Xitoyning kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi rahbari Gao Fu.
"Dunyo faqatgina koronavirus pnademiyasiga duch kelgan emas, u dolzarb axborot va dezinformatsiya o‘zaro chambarchas uyg‘unlashib ketgan infodemiya singari qator boshqa muammolarga ham to‘qnash keldi. Bu ko‘plab mish-mishlar va muammolarni tug‘dirmoqda, ularni hal etmoq kerak", – deya ta’kidladi mutaxassis.
Testirovanie na koronavirus v Kitae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2021
Xitoyda koronavirus bilan kasallanishning yangi o‘chog‘i avj oldi
Gao Funing qayd etishicha, kelajakda dunyo albatta "X virus" deb atalmish xarakteristikalari hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan virusga ro‘baro bo‘ladi va u istalgan joyda va istalgan vaqtda paydo bo‘lishi mumkin.
"Insoniyat kelajagi uchun muammo yechimi ustida birgalikda ishlash kerak. Shu munosabat bilan "to‘rtta S tamoyili"ni taklif etaman: bu hamkorlik (cooperation), raqobat (competition), muloqot yoki axborot almashuv (communication) va nihoyat, ba’zida uchinchi tomonni ham jalb qiluvchi koordinatsiyadir (coordination)", – degan ekspert.
Olimning ta’kidlashicha, butun dunyo olimlari Xitoy tomonidan bo‘lgan ochiq axborot almashinuvi tufayli maksimal qisqa muddatda koronavirusga qarshi vaksinalarni ishlab chiqishga kirishishga muvaffaq bo‘lganlar.
Yangiliklar lentasi
0