Yaqin qarindoshlar o‘rtasida eng ko‘p nikoh qayd etilgan hududlar aytildi

© Pixabay / Adina VoicuSvadba
Svadba - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2021
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p qarindoshlar o‘rtasida nikoh Surxondaryo (268 ta), Qashqadaryo (179 ta) va Sirdaryo (40 ta) viloyatlarida kuzatilgan.
TOShKENT, 4 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 2021-yilning iyul-sentabr oylarida FHDYo organlari tomonidan qarindosh bo‘lgan 675 nafar kelin-kuyovning nikohlari qayd qilindi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qildi.
Shundan 285 nafar kelin-kuyov bir-biriga nisbatan xolavachcha, 172 nafari tog‘avachcha, 114 nafari amakivachcha va 104 nafari ammavachcha hisoblanadi.
Eng ko‘p qarindoshlar o‘rtasida nikoh qayd qilingan hududlar Surxondaryo (268 ta), Qashqadaryo (179 ta) va Sirdaryo (40 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Svadebnie kolsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
O‘zbekistonda yarim yilda 152 nafar 60 yoshdan oshgan ayol turmushga chiqdi
Ma’lumot uchun, Oila kodeksining 16-moddasiga asosan nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek, farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzish taqiqlanadi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida respublika bo‘yicha 174 998 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36 288 taga ko‘p.
Yangiliklar lentasi
0