Iqtisod

“UzAuto Motors” avtomobillarini Turkmanistonda ishlab chiqarish boshlanadi

© Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
“Turkmeniston-Motors” ishlab chiqarish obʼyektlarida “UzAuto Motors” avtomobillarini ishlab chiqarishga oid shartnoma tuzish rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 5 okt – Sputnik. “Uzavtosanoat” AJ va “Turkmeniston-Motors” AJ Turkmaniston hududida avtomobil, qishloq xoʻjaligi va tirkama uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida memorandum imzoladi. Memorandum 4 oktyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan oʻzbek-turkman iqtisodiy forumi doirasida imzolangan.
“Turkmeniston-Motors” ishlab chiqarish obʼyektlarida “UzAuto Motors” avtomobillarini ishlab chiqarishga oid shartnoma tuzish rejalashtirilgan.
Bu yoʻnalishdagi hamkorlik Turkmanistonda avtomobil qismlarini ishlab chiqarishni va eksport bozorlariga sotishni tashkil qilishni ham nazarda tutadi.
Bundan tashqari, “Uzavtosanoat” AJ tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa transport vositalari (pikaplar, yuk mashinalar va avtobuslar), qishloq xoʻjaligi va tirkama uskunalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Taʼkidlanishicha, bugungi kunda “Uzavtosanoat” Turkmanistonga avtomobil va tijorat uskunalarini eksport qilib kelmoqda.
Avvalroq Ozarbayjonda “UzAuto Motors” va “SamAvto” zavodi ishlab chiqarish liniyasi ochilgani xabar qilingan edi.
Peregovorы prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Turkmenistana Gurbangulы Berdыmuxamedova v rasshirennom formate - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Siyosat
Avtomobil yigʻish, savdo uylari: Mirziyoyev va Berdimuhamedov muzokaralari tafsilotlari
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala