Jamiyat

Afgʻoniston Oʻzbekistondan elektr energiyasi uchun salkam 10 million $ qarzdor

© © SputnikLampochka, arxivnoye foto
Lampochka, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Afgʻoniston elektr energiyasi uchun Oʻzbekistondan 9,9 million $ qarzdor ekanligi maʼlum boʻldi.
TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Afgʻonistonning DABS energetika kompaniyasi (Da Afghanistan Breshna Sherkat, DABS) Tojikiston, Oʻzbekiston va Turkmanistondan respublikaga elektr energiyasini yetkazib berishni toʻxtatmaslikni soʻradi. Bu haqda Tolo news xabar qildi.
Xabarda qayd etishicha, Afgʻonistonning elektr energiyasi uchun qarzdorligi qariyb 62 million dollarni tashkil etmoqda. DABS rahbariyati oʻz murojaatida qarzni toʻlashga vaʼda berdi.
Shavkat Mirziyoyev vыstupil s videoobraщeniyem na 76-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Siyosat
Oʻzbekistonning bosh maqsadi, vaktsina siyosati va Afgʻoniston: Mirziyoyevning BMTdagi nutqi
Bundan tashqari, kompaniya BMTning Afgʻonistonga yordam berish missiyasiga murojaat qilgan.
DABS vakillarining taʼkidlashicha, kompaniya yetarli yordam ololmasa, elektr uchun “pul toʻlamagan afgʻonlar”ga ularning moliyaviy ahvolidan qatʼiy nazar bosim oʻtkazishga majbur boʻladi.
Korporatsiyaning sobiq rahbari Dovud Nurzayning soʻzlariga koʻra, elektr taʼminotining uzilishi nafaqat Kobulda, balki butun Afgʻonistonda gumanitar halokatga olib keladi.
2021 yildagi qurgʻoqchilik, gidroenergetika resurslarining kamayishi tufayli vaziyat yanada murakkablashdi.
Uning soʻzlariga koʻra, hozir mamlakatda elektr energiyasi taqchilligi kuzatilmayapti, lekin Markaziy Osiyo uni yetkazib berishni toʻxtatsa vaziyat yomonlashadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala