Alina Kabayeva eksperimental turnir o‘tkazadi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishOlimpiyskaya chempionka po xudojestvennoy gimnastike Alina Kabayeva
Olimpiyskaya chempionka po xudojestvennoy gimnastike Alina Kabayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
Obuna bo‘lish
Alina Kabayeva Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan terma jamoalar ishtirokida eksperimental xalqaro turnir o‘tkazadi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Badiiy gimnastika bo‘yicha Olimpiya chempioni Alina Kabayeva Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan terma jamoalar ishtirokida eksperimental xalqaro turnir o‘tkazadi. Bu haqda RIA Novosti Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti,Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmanovaga asosan xabar qildi.
Alina Kabayeva na etape Kubka mira po xudojestvennoy gimnastike v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2017
Alina Kabayeva o‘zbekistonlik gimnastikachiga maxsus sovg‘a topshirdi
Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, musobaqa dekabr oyida bo‘lib o‘tadi.
"17-18 dekabr kunlari Alina Kabayeva eksperimental xalqaro turnir o‘tkazadi. Musobaqa 2004-2005 yil qoidalariga ko‘ra o‘tkaziladi: 4ta snarad va arg‘amchi. Biz Tokio Olimpiadasida bo‘lgan o‘nta jamoani taklif qilamiz",-dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Alina Kabayeva Tokio o‘yinlaridagi hakamlarni tanqid qilib, rossiyalik gimnastikachilarning baholari bilan bog‘liq vaziyatni "chidab bo‘lmaydigan nohaqlik" deb atagan edi.
Alina Kabayeva Toshkentda tug‘ilgan, ikki karra mutlaq jahon chempioni, 2004-yilgi Olimpiada g‘olibi. U sport karyerasini 2007-yilda yakunladi. Hozir Kabayeva ijtimoiy-siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanadi - "Milliy Media guruhi" xoldingi va " Sport-ekspress" YoAJ direktorlar kengashida rahbarlik qiladi.
Yangiliklar lentasi
0