Jamiyat

Barcha hududlarda 2022 yil oxirigacha buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishXirurgi vo vremya operatsii
Xirurgi vo vremya operatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
2021-2022 yillarda xirurgiya sohasi uchun dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish choralari koʻriladi.
TOSHKENT, 5 okt – Sputnik. “Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2022—2023 yillar davomida kaminvaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari koʻlamini oshirish, shu jumladan, tuman (shahar)larda koʻrsatiladigan amaliyotlar turini 60 tadan 79 taga, hududlarda esa 130 tadan 168 taga oshirish, V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yurak va oʻpka transplantatsiyasi joriy etilishi belgilandi.

Qarorga koʻra, 2022 yil yakuniga qadar barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Bu bilan V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shugʻullanadi.
Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va hududiy davlat tibbiyot muassasalarining xorijiy tillarni yaxshi biladigan xodimlarining 2021-2022 yillarda xirurgiya sohasi uchun dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish oralari koʻriladi.
Bundan tashqari, markaz faoliyatiga yetakchi xorijiy mutaxassislar jalb etiladi.
Vrachi vo vremya operatsii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi qonun bilan mustahkamlanadi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala