“Biz charchadik”: Belarus-Polsha chegarasida afg‘on qochoqlari qanday kun kechirishmoqda

Obuna bo‘lish
Belarus-Polsha chegarasida ikki oydan buyon bir guruh afg‘onistonlik migrantlar og‘ir kunlarni boshdan kechirishmoqda.
Sputnik muxbirlari Belarus-Polsha chegarasidagi vaqtinchalik chodirli lagerda bo‘lib, botqoqlik ustidagi yer ular uchun uy bo‘lgan migrantlar qanday kun kechirayotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi.
Migrantlar ular Polsha-Belarus chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga muvaffaq bo‘lishgani, ularni Polsha shaharlarida tutib olishgani, keyin esa chegaraga olib kelib tashlab ketishganini so‘zlab berishdi. 18-avgustdan buyon 32 nafar afg‘onistonlik migrant ikki davlat chegarasida kun ko‘rmoqda.
Ular bir tarafdan bepoyon Belarus o‘rmonlari, boshqa tarafdan Polshaning tikanli simlari bilan o‘ralgan.
Uzoq vaqt migrantlarning hatto chodiri bo‘lmagan. Ochiq osmon ostida ham ayollar, ham bolalar uxlashgan. Bir necha hafta ilgari ular chodirli lagerga ega bo‘lishdi. Yog‘ayotgan yomg‘ir ularning vaziyatini qiyinlashtiradi, yomg‘ir chodirlarni ho‘l qilib yuborishi oqibatida o‘tirgan holda uxlashlariga to‘g‘ri keladi.
“Ikki kishi hamisha gulxan oldida navbatchilik qiladi – olov o‘chib qolmasligi uchun. Yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lsa, biz uxlamaymiz: yig‘lab ibodat qilib chiqamiz. Biz charchadik, hammamiz kasalmiz. Ko‘pchilikning oshqozoni bilan muammosi bor. Bunga yomon ovqatlanish sabab bo‘lmoqda. Mana ikki oydirki biz bu yerdamiz, ayrimlar esa chorasizlikdan shunchaki esdan og‘moqda”, - deydi afg‘onistonlik qochoq Muhammad Shabed.
Tikanli simlarda namlangan va kir bo‘lib ketgan narsalar quritilmoqda. Befarq bo‘lmagan shaxslar ularga qo‘lidan kelguncha yordam ko‘rsatmoqda.
Belarus-Polsha chegarasida jon saqlashga urinayotgan bir guruh migrantlar qanday kun kechirayotgani Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0