Jamiyat

Bolalar jamoat fondi tashkil etilmoqda: uning vazifalari nimalardan iborat

© Unsplash / Guillaume de GermainJenщina derjit rebenka za ruku
Jenщina derjit rebenka za ruku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Fondga Davlat byudjeti hisobidan 2021-2022 yillarda 100 milliard soʻm begʻaraz moliyaviy yordam koʻrsatiladi
TOSHKENT, 5 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga imzo chekdi.
Qaror bilan Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasi muassisligida Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilmoqda.
Quyidagilar Bolalar jamoat fondining eng muhim vazifalari etib belgilangan:
ogʻir vaziyatga tushgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni aniqlash va ularga manzilli ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatish tadbirlarini tashkil etish va moliyalashtirish;
bolalarning hayoti uchun xavf soluvchi ogʻir, surunkali hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga oʻz vaqtida tashxis qoʻyish va ularni respublikada yoki zarur hollarda xorijiy davlatlarda davolash uchun tibbiy, ijtimoiy va moliyaviy yordam koʻrsatishning qoʻshimcha mexanizmlarini joriy etish;
ehtiyojmand oilalarning farzandlari hamda imkoniyati cheklangan bolalarni bepul dori vositalari, tibbiy va protez-ortopedik buyumlar bilan taʼminlash;
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni taʼlim olishlarida koʻmaklashish, shu jumladan, maxsus oʻquv adabiyotlar va oʻquv qurollari bilan taʼminlash;
nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish, ularga qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar oʻrgatish va ularni uy sharoitida oʻzini oʻzi band qilishi uchun asbob-uskunalar bilan taʼminlash;
ogʻir tashxisli kasalliklari boʻlgan bolalarni parvarish qilayotgan kam taʼminlangan oilalarni homiylikka olish;
nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir, shu jumladan, ularga yuqori texnologik ixtisoslashgan reabilitatsion tadbirlarni tashkil etish va moliyalashtirish.
Bolalar jamoat fondi boshqaruvining yuqori organi uning muassislari umumiy yigʻilishi hisoblanib, ushbu yigʻilish har yili kamida bir marta oʻtkaziladi. Fondning Vasiylik kengashi Bolalar jamoat fondi boshqaruvining umumiy yigʻilishlari oraligʻidagi rahbar organi boʻladi.
Bolalar jamoat fondining asosiy pul mablagʻlari savlat byudjeti hisobidan 2021−2022 yillarda mablagʻlarni amalda oʻzlashtirilishiga qarab 100 milliard soʻm miqdoridagi begʻaraz moliyaviy yordam, jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari, davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar ajratadigan grantlar, kraudfanding mexanizmlari orqali kelib tushgan mablagʻlar, vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
Deti na progulke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.08.2021
Jamiyat
Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala