Jamiyat

Hokimiyat vakillariga qarshilik koʻrsatganlar 3 yilgacha qamalishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSotrudnik Natsionalnoy gvardii i DPS na postu
Sotrudnik Natsionalnoy gvardii i DPS na postu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik rasman kuchaytirildi.
TOSHKENT, 5 okt – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida maʼlum qilindi.
Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.
Bunday harakatlar:
BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima (ilgari faqat 50 baravarigacha);
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash (ilgari 1 yilgacha);
1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan (ilgari 1 yilgacha) jazolanadi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda hokimiyat vakilining, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlik uchun ham javobgarlik choralari kuchaytirilib, jarima miqdorlari oshirildi.
Eslatib oʻtamiz, Senatning oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisida hokimiyat vakiliga va oʻzining fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga nisbatan qarshilik koʻrsatish uchun jinoyat choralarini koʻchaytirishni koʻzda tutuvchi qonun maʼqullangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala