Jamiyat

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga kompensatsiya beriladi - hukumat qarori

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVoditel v avtomobile
Voditel v avtomobile - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning haydovchilikka tayyorlash kurslarida oʻqish xarajatlari kompensatsiya qilinadi.
TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga doir quyidagi vaqtinchalik tartiblar tasdiqlandi:
- ushbu yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida oʻqish xarajatlarini kompensatsiya qilishi boʻyicha – BHMning 4 baravarigacha kompensatsiya beriladi;
- safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini qoplash boʻyicha.
Shuningdek, xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish xarajatlarini kompensatsiya qilish boʻyicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.
Bunda mazkur xarajatlarning 50 foizi kompensatsiya qilinishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, qaror bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish tartibi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala