Japarov Qirg‘izistondagi oktabr voqealariga nima sabab bo‘lganini aytdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPrezident Kirgizii Sadir Japarov
Prezident Kirgizii Sadir Japarov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
Obuna bo‘lish
Sadir Japarovning fikricha, 2020-yilning oktabr oyida respublikada hokimiyat almashishiga oldingi parlament-prezident boshqaruv shakli sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2020-yilning oktabr oyida respublikada ro‘y bergan qo‘zg‘olonlarga nima sabab bo‘lganini aytdi.

“Bunday voqealarga 2010-yilgi Qirg‘iziston Respublikasi Konstitutsiyasi tahriridagi boshqaruvning davlat manfaatlariga javob bermaydigan parlament-prezidentlik shakliga o‘tishidagi o‘zgarishlar sabab bo‘ldi, desam adashmayman. Konstitutsiya 2010-yil proporsional saylov tizimini joriy etdi va afsuski, saylovlar yopiq ro‘yxatda o‘tkazila boshlandi. Bu tizim siyosiy korrupsiya uchun qulay muhit yaratdi. Siyosiy partiyalar rahbari ro‘yxatdagi o‘rinlarni sotdi, natijada ovozlarni sotib olish jarayoni yanada kuchaydi”, - dedi Japarov oktabr voqealari munosabati bilan xalqqa yo‘llagan murojaatida.

Japarov bunday ijtimoiy-siyosiy uyg‘unlikni “poraxo‘rlik siyosati” deb atagan va bu hukumat tuzish huquqiga ega bo‘lgan parlamentga ham tarqalganini ta’kidlagan. Shu sababli ijro etuvchi hokimiyat “mustaqil harakat qila olmadi”.
“Qirg‘izistonda 2020-yilgi saylovlar jiddiy qonunbuzarliklar bilan kechdi va bu jarayonning adolatsizligi saylovchilarning noroziligiga olib keldi. Oqibatda ovoz berish natijalarini bekor qilish talab qilindi, ammo bu o‘z vaqtida bajarilmadi. Bundan g‘azablangan aholining keng qatlami amaldagi hukumatni ag‘darishga majbur bo‘ldi”, — deb hisoblaydi Qirg‘izistonning amaldagi yetakchisi.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2021
Japarov Markaziy Osiyoda xavfsizlik belbog‘ini yaratishni taklif qildi
Bishkekdagi tartibsizliklar 2020-yil 5-oktabrda parlament saylovlari natijasi e’lon qilinganidan keyin boshlangan edi. Mitingga to‘plangan bir qator siyosiy kuchlarning tarafdorlari ovoz berishdan oldin ayrim partiyalar saylovchilarni pul evaziga o‘ziga og‘dirib olishgani aytishgan. Keyinroq saylov natijasi bekor qilindi va namoyishchilar bosimi ostida prezident Sooronbay Jeenbekov, bosh vazir Kubatbek Boronov va spiker Dastanbek Jumabekov iste’foga chiqishga majbur bo‘lishdi.
Bu voqealardan so‘ng mamlakatdagi hukumat tepasiga amalga prezident Sadir Japarov keldi. Uning tashabbusi bilan mamlakat Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Referendumda ovoz beruvchilarning 79,3 foizi prezidentning vakolatlarini kengaytiruvchi konstitutsiyaning yangi tahririni qo‘llab-quvvatlashdi. Endilikda prezident ko‘plab vakolatlarga ega bo‘lgan va parlament va hukumatning imkoniyatlarini sezilarli cheklab qo‘ygan.
Yangiliklar lentasi
0