O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida 20 dan ziyod muhim hujjat imzolandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidenti Uzbekistana i Turkmenistana Shavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov prinyali Sovmestnoe zayavlenie.
Prezidenti Uzbekistana i Turkmenistana Shavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov prinyali Sovmestnoe zayavlenie. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida imzolangan ikki tomonlama hujjatlar almashinuv marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida hamkorligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab oluvchi jami 23 ta hujjat imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralar so‘nggida O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Qo‘shma bayonot qabul qildilar.
Unda oliy darajadagi uchrashuvning asosiy yakunlari aks etgan, O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sherikligini yanada mustahkamlashning istiqbolli yo‘nalishlari belgilangan.
Prezidentlar huzurida ikki mamlakat vazirliklari, idoralari va hududlari rahbarlari imzolangan quyidagi hujjatlar bilan almashishdi:
Chegaradosh hududlarda savdo markazlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida bitim;
Tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda korxona va kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini kengaytirish to‘g‘risida bitim;
Bojxona chegarasidan o‘tayotgan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar almashishni tashkil etish to‘g‘risidagi Bayonnoma;
ishbilarmon doiralar vakillari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim;
Fuqarolarning o‘zaro qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga qo‘shimchalar kiritish haqida Bayonnoma shular jumlasidan.
Bundan tashqari, transport, tranzit tashishlar, suvni tejovchi texnologiyalar, adliya, ijtimoiy himoya, statistika, o‘simliklar karantini va himoyasi, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirishga doir muhim hujjatlar imzolandi.
V rezidensii Kuksaroy sostoyalas seremoniya ofitsialnoy vstrechi Prezidenta Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
Mirziyoyev Berdimuhamedovga: har bir uchrashuvimiz tarixiy ahamiyatga ega muhim voqeadir
Yangiliklar lentasi
0