O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish keskin kamaydi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMoskovskiy klinicheskiy sentr infeksionnix bolezney "Voronovskoe"
Moskovskiy klinicheskiy sentr infeksionnix bolezney Voronovskoe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
Obuna bo‘lish
Kecha mamlakatda infeksiya bilan kasallanishning 14-iyundan buyon eng past ko‘rsatgichi qayd etildi
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. O‘zbekistonda kecha, 4-oktabr kuni, 304 kishida koronavirus aniqlandi. Bu 14-iyundan buyon eng past ko‘rsatkichdir, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
2021 yil 4-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 176 019 nafarni tashkil etmoqda.
Toshkent aniqlanayotgan koronavirus bo‘yicha hamon yetakchi. Kecha poytaxtda 123 kishida kovid tasdiqlangan. Toshkent (+42) va Samarqand (+38) viloyatlarida ham boshqa hududlarga qaraganda kasallanish yuqoriligi kuzatilmoqda. Kecha eng kam kasallanish Qoraqalpog‘istonda (+1), Navoiy (+3) va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan.
Mamlakatda bu kasallikdan sog‘ayganlar jami 171 162 (+290) nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, kecha 2 bemor vafot etib, koronavirusdan vafot etganlar soni 1251 nafarga yetgan.
Bundan tashqari, 4-oktabr kuni 12 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 27349 nafarga yetdi.
Kecha ularning 19 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 25688 nafarni tashkil qilmoqda.
Devushka s mobilnikom v glavnom torgovom rayone Uxanya cherez god posle nachala vspishki koronavirusa, Kitay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Olimlar koronavirus sababli umr ko‘rish davomiyligi keskin pasayganligini aniqladi
Yangiliklar lentasi
0