Toshkent va Ashxobod: iqtisodiy rejalar va imzolanishi kutilayotgan shartnomalar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana va Turkmenistana
Flagi Uzbekistana va Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
Obuna bo‘lish
Birinchi o‘zbek-turkman iqtisodiy forumida O‘zbekiston va Turkmaniston vakillari savdo aloqalarini kengaytirish, qo‘shma korxonalar qurish va o‘zaro foydali imkoniyatlardan keng foydalanish haqida kelishib olishdi.
TOShKENT, 5okt – Sputnik. Ulkan tabiiy boyliklar, rivojlangan ishlab chiqarish va qulay jug‘rofiy joylashuvi tufayli O‘zbekiston va Turkmaniston savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega.
Turkmaniston moliya va iqtisod vaziri Muxammetgeldi Serdarova aytishiga ko‘ra 2020-yilda O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi 410 mln. dollarni tashkil qilgan. Eksport tarkibi ham so‘nggi yillarda o‘zgarib bormoqda. Xususan kimoviy o‘g‘itlar, neorganik kimyo mahsulotlari sabzavotlar va to‘qimachilik mahsulotlari hajmi oshib bormoqda. Import tarkibida esa qishloq xo‘jalik mahsulotlari, texnologik uskunalar, qurilish materiallari hajmi oshmoqda.

Statistika

O‘zbekistonda Turkmaniston ishtirokida 157ta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Ular orsida 65ta qo‘shma korxona, 92ta – 100% turkmaniston kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar.
Turkmanistonda esa O‘zbekiston ishtirokida 4ta iqtisodiy subyekt hamda 11ta investitsion loyiha faoliyat yuritmoqda. Ularning umumiy qiymati 12 mln. Dollani tashkil qiladi.
O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov aytishiga ko‘ra, ikki respublika orasida hamkorlik hajmi oshmoqda. Xususan, so‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘zaro savdosi hajmi 3 baravar oshgan. 2021-yil boshidan buyon esa 25% o‘sish qayd etilgan.

Birdamlik – imkoniyat demak

Vazir aytishiga ko‘ra, 2020-yilda O‘zbekiston Turkmanistonda sotib olish mumkin bo‘lgan 600 mln dollarlik tovarlar import qilgan. Turkmaniston esa ana shunday mahsulotlardan 612 mln dollarga import qilgani aniqlandi. Ushbu munosabat bilan ikki davlat orasida vazir o‘rinbosarlari darajasida ishchi guruh tuzilgan va uning asosiy vazifasi ikki respublika xo‘jalik subyektlari orasida o‘zaro hisob-kitoblarni soddalashtirish, O‘zbekiston va Turkmaniston orasida chegara oldi savdo hududi tashkil qilish vazifasi qo‘yilgan.
Respublikalar orasidja hamkorlikning yana bir yo‘nalishi – sanoat koopratsiyasini rivojlantirishdir.
“Bizning iqtisodlarimiz ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha samarali hamkorlik qilishi mumkin. Biz ikki davlat ustuvor tomonlaridan foydalanib, qo‘shilgan qiymatning uzuluksiz zanjirini yaratishimiz mumkin. Tadbirkorlarimiz O‘zbekiston va Turkmanistonda qo‘shma korxonalar tashkil qilishi mumkin”, - dedi Umurzakov.
Ana shunday loyihalar qatorida Turkmanistonda avtomobillar, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, O‘zbekistonda gaz-kimyo sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, to‘qimachilik, terini qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish mumkinligi aytib o‘tildi.
O‘zbekiston imtiyozlaridan birgalikda foydalanish. UmurzakovO‘zbekistondan YeIga 6200 tur mahsulot bojsiz olib kirish mumkinligini aytib, ushbu imkoniyatdan Turkmaniston tadbirkorlari bilan qo‘shma korxonalar tuzib foylanishi mumkinligini qayd etdi.
Undan tashqari Turkmanistonning transport-logistika imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkinligi ham aytib o‘tildi. Xususan, o‘zbekistonlik tadbirkorlar Janubiy Kavkaz, Eron va Yevropaga chiqish uchun “Turkmanboshi” dengiz portidan foydalanishi mumkinligi aytib o‘tildi.

Kimoviy hamkorlik

O‘zbek-turkman iqtisodiy forumi ishtirokchilari qayd etishiga ko‘ra, ikki respublika orasida kimyo sanoatida hamkorlik ildam rivojlanmoqda. "O‘zkimosanoat" raisi Jurabek Mirzamaxmudov aytishiga ko‘ra, eksport hajmi so‘nggi yilda 12,4 mln dollardan 30 mln. dollargacha oshgan. 2021-yilda esa - 50 mln. dollardan oshishi kutilmoqda. AJ raisi so‘zlariga ko‘ra, kimoviy sohada nafaqat O‘zbekiston eksporti balkim Turkmanistondan import hajmi aham oshmoqda.
Biz bishofit import qilamiz. Undan tashqari Turkmanistondan polietilen va polipropilen sotib olish haqida ham kelishuv bor. Shuningdek turkmanistonlik hamkorlar bizning shina zavodimiz mahsuloti, konveyer lentalarimizga katta qiziqish bildirishmoqda.
"O‘zkimosanoat" rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston prezidenti tashrifi doirasda "Turkmenximiya" davla konserni bilan 5-yillik yirik shartnoma imzolashga kelishib olingan. Oldingi shartnomalar muddati - bir yil edi.
Mirzamaxmudov aytishiga ko‘ra, ayni damda Turmaniston mineral xom-ashyo bazasi ham jiddiy o‘rganilmoqda. Gap yod, brom, natriy sulfati konlari haqida ketmoqda. Ushbu resurslarga ikki davlatda ham katta qiziqish bildirilmoqda.
Birinchi o‘zbek-turkman iqtisodiy forumi doirasida ikkala tomon mutaxassislari ishtirokida bir necha uzoq muddatli yirik shartnomalar tayyorlangan. Ular orasida investitsion loyihalar, mahsulot yetkazib berish shartnomalari, turli xil oziq-ovqat va quruq-mevalar yetkazib berish, birgalikda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ishkabi jami 45ta shartnomani imzolash kutilmoqda.
Uzbeksko-turkmenskiy forum v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2021
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch baravarga oshdi
Yangiliklar lentasi
0