Dunyoda

Xitoy butun dunyodan geniylarni jalb etishni boshlaydi

© REUTERS / Tingshu WangPosetiteli i robotы Vsemirnoy konferentsii robototexniki Beijing World Robot Conference 2021 v Pekine, Kitay
Posetiteli i robotы Vsemirnoy konferentsii robototexniki Beijing World Robot Conference 2021 v Pekine, Kitay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Iqtisodiy moʻjizadan soʻng Xitoy ilmiy-texnik moʻjiza yaratishga kirishdi: u yerda butun dunyodan qobiliyatli mutaxassislarni jalb qilish uchun yangi siyosat qabul qilindi.
TOSHKENT, 5 okt - Sputnik. Demokratik davlatlar barcha teng huquqli, jamiyatda jinsi, millati, irqi yoki aqliy rivojlanishidan qatʼiy nazar, barchaga bir xil imkoniyat berish kerak deb turgan bir vaqtda, Xitoy butunlay boshqacha gʻoya bilan chiqmoqda.
Xususan, yaqinda XXR raisi Ci Tszinpin yangi tashabbusi bilan chiqdi. Xitoyda umumdavlat miqyosida iqtidorli shaxslar bilan ishlashga moʻljallangan yangi dastur qabul qilindi.
Unda aytishiga koʻra, kelajakda Xitoy professional isteʼdod va innovatorlarning toʻplanadigan eng yirik global markaziga aylanmoqchi. Ushbu maqsadda Si Tszinpin qanday gʻoyalar taklif qilgani bilan batafsil tanishaylik:
inson resurslarini mamlakat taraqqiyotida ustuvor vazifaga aylantirish;
isteʼdodli odamlarni muntazam tarbiyalashga koʻmaklashish;
eng yaxshi aqllarni toʻplash va ularning tajribasidan toʻliq foydalanish;
iqtidorli odamlarni osongina aniqlash, yuqori baholanish va hurmat qilish uchun qulay muhit yaratish;
"Ilm-fan ruhini" targʻib qilish.
Yuqoridagi sharoitlar yaratib berilganda, iqtidorli odamlar oʻz qobiliyatlaridan toʻliq foydalanish imkoniga ega boʻladi. Ushbu vazifani Xitoy oʻzining yaqin kelajagi uchun eng muhim vazifa deb hisoblaydi. Davlat rahbari nutqida aniq sanalar ham koʻrsatilgan.
U yerda yana bir gap aytilgan: “Xitoy har qanday yangilikning asosiy sohalarida ishlaydigan dunyodagi eng yaxshi aqllar uchun magnitga aylanishi kerak”.
Aslida XXR ayrim sohalarda allaqachon ana shunday “magnitga” aylangan va yaqin orada XXR dunyoning “texnologik etakchisiga aylanishiga” ham shubha yoʻq. Bu jarayon uchun, albatta, juda juda koʻp pul ajratiladi, lekin “inson resurslari” puldan koʻra muhimroq.
Si Tszinpin aytishiga koʻra, iqtidorli mutaxassislar nafaqat pul bilan, balkim qiziqarli vazifalar bilan ham jalb qilinadi. Aksariyat holda bunday markazlar universitetlar va yirik korporatsiyalar shtab-kvartiralari atroflarida tashkil qilinadi. “Agar siz bunday odamlardan toʻliq majburiyat olishni istasangiz, ularni qadrlash va hurmat qilish kerak”, - deydi XXR raisi.
Dostavlena ocherednaya partiya vaktsinы ZF-UZ-VAC2001  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Jamiyat
Xitoy–Oʻzbekiston yaratgan vaktsinadan bolalarni emlashda qoʻllaniladimi - tafsilotlar
Eslatib oʻtamiz, bugun butun dunyo amin boʻlayotgan Xitoy moʻjizasi ham shunday boshlangan edi. Birinchi bosqichda Pekin alohida yuridik maqom va oʻz qonunlariga ega boʻlgan “iqtisodiy zonalar” tashkil qilgan edi. U yerda deyarli hamma narsaga ruxsat berilgan edi.
Xoʻsh, yangi “aqlli kishilar” uchun yaratilayotgan markazlar qanday koʻrinishga ega boʻlishi mumkin? Balkim bunday markazlar boshqa hech kim yashamaydigan orollarda qurilar? Balkim u yerda svetoforning qizil chirogʻiga koʻchani kesib oʻtish, uylar orasida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻpriklar qurishga ruxsat berilar? Eng asosiysi geniylarga har qanday gʻoyalar, mafkuralar haqida tsenzurasiz gaplashishga ruxsat berilar?
Hech qanday orolsiz, ana shu erkinlikning oʻzi ham dunyoning turli mamlakatlarida yashayotgan qobiliyatli insonlar uchun kuchli “magnit” boʻlishi mumkin.
Xitoy OAVlaridan olingan soʻnggi xabarlardan biriga eʼtibor beramiz. Huawei kompaniyasi asoschisi Jen Chjenfey yaqinda kompaniyaning Shimoliy Amerikadagi izlanishlar markazini – qobiliyatlarni yollash markaziga aylantirish haqida gapirdi. U yerga qobiliyatli insonlar nafaqat Amerika yoki Kanadadan, balkim dunyoning istalgan nuqtasidan jalb qilinishi mumkin.
Poverxnost Marsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Dunyoda
Xitoy marsoxodi Mars boʻylab bir kilometrdan oshiq yurib qoʻydi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala