Dunyoda

Afgʻoniston qarzlarni toʻlash uchun BMTdan 90 million dollar yordam soʻradi

Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Qayd etilishicha, bu mablagʻlar elektr energiyasini yetkazib beruvchilar oldidagi qarzdorlikni qoplash uchun zarur.
TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Afgʻonistonning "De Afganistan breshna shirkat" (DABS) energetik korporatsiyasi BMTning Afgʻonistonga koʻmak missiyasi(UNAMA)dan 90 million dollarlik yordam soʻradi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu mablagʻlar elektr energiyasini yetkazib beruvchilar oldidagi qarzdorlikni qoplash uchun zarur.
Ilgariroq DABS Afgʻonistonning qoʻshni davlatlar oldida elektr energiyasi uchun qarzdorligi 62 million dollarga yetganini maʼlum qilgan edi.
Lampochka, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Jamiyat
Afgʻoniston Oʻzbekistondan elektr energiyasi uchun salkam 10 million $ qarzdor
Jumladan, Afgʻoniston Oʻzbekistonga elektr energiyasi uchun 9,9 million dollar qarz boʻlib qolgan.
Undan ham oldinroq DABS elektr energiyasi eksportyori boʻlgan qoʻshni davlatlar - Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Eronga - qarzdorlikni qoplash vaʼdasi bayon etilgan maktubni yoʻllab, elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatmaslikni iltimos qilgan edi.
Oʻz navbatida, Tojikiston va Oʻzbekiston mavjud qarzdorlikka qaramay, qishki mavsumda elektr toki uzatishni toʻxtatmasliklari haqida rasman bayonot berganlar.
Yigʻilib qolgan muammolarni hal etish uchun korporatsiya BMT tuzilmalariga yordam soʻrab murojaat qildi.
Korporatsiyaning sobiq rahbari Daud Nurzayning aytishicha, elektr taʼminotining oʻchirilishi nafaqat Qobul, balki butun boshli Afgʻonistonda gumanitar falokatni yuzaga keltirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala