Iqtisod

Bozor tamoyillariga oʻtish – benzin taqchilligi muammosini hal qildi – vazirlik

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyZapravochnaya kolonka
Zapravochnaya kolonka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Bugungi kunda isteʼmolchilarga mahalliy benzin bilan bir qatorda Ai 92-95 markali import benzin ham yetkazib berilmoqda.
TOSHKENT, 6 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda benzin narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan, ayni damda mahsulot narxlari neftning dunyo bozoridagi narxi hamda ishlab chiqaruvchi xarajatlari asosida belgilanadi, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi.
Neftni qayta ishlash zavodlari oʻz mahsulotlarini faqat birjalar orqali sotishi mumkin. Ana shunday tartib Oʻzbekistonda bosqichma-bosqich qabul qilingan. Xususan:
Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98 markali – 2017 yil 15 noyabrdan boshlab;
Ai-91 markali – 2019 yil 15 avgustdan boshlab;
Ai-80 markali – 2020 yil 1 maydan boshlab.
Hozirda avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida (AYOQSH) mahalliy neft mahsulotlari bilan bir qatorda import qilinayotgan avtobenzinlarning ichki bozorda realizatsiyasi tobora ortib bormoqda.

“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtobenzinning asosiy qismi, yaʼni 78 % - Ai-80 benzinii. Jahon bozorida neft narxi 15-20 % oshishiga qaramasdan, “Oʻzbekneftgaz” AJ Ai-80 avtobenzinning narxini bir maromda ushlab turibdi, - deydi energetika vazirligi.

Maʼlumot uchun, Brent neftning jahon birjalaridagi narxlari 80-81 AQSH dollarni tashkil etganda, AYOQSH larda 1 litr asosiy ishlab chiqariladigan Ai-80 avtobenzini 5 800 – 6 100 soʻm chakana narxlarda sotilmoqda. Yuqori oktanli Ai-91-95 benzinlar oʻrtacha narxi 8 900 soʻmni tashkil qiladi.
Energetika vazirligi alohida qayd etishiga koʻra, bugungi kunda bozor tamoyillariga oʻtish borasida qabul qilingan choralar oʻz samarasini bermoqda. Xususan, Oʻzbekistonda avtobenzin taqchilligi muammosi hal etilgan. Isteʼmolchilarga mahalliy benzin bilan bir qatorda, Ai-91, Ai-92, Ai-95 markali import qilinayotgan benzinlar ham yetarli miqdorda yetkazib berilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga benzin importi miqdori 3,2 baravar oshgan edi. Import qilinayotgan benzin asosan Rossiyadan (139 mln. litr), Turkmanistondan (121 mln. litr), Qozogʻistondan (16 mln. litr) va Iroqdan (3,6 mln litr) olib kelinmoqda. Joriy yilning 8 oyida Respublika ichida 730 ming tonna benzini ishlab chiqarilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala