Jamiyat

IIBB Toshkent koʻchalarida bir guruh samuraylar nega yugurgani yuzasidan izoh berdi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnыx organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Seshanba kuni Toshkent koʻchalarida "Naruto" personajlari liboslariga burkanib olgan nomaʼlum shaxslar omma eʼtiborini tortdi
TOSHKENT, 6 okt - Sputnik. Oʻzbekiston poytaxti koʻchalarida kimlarni uchratmaysiz, deysiz. Bu safar yoʻlovchilarni bir guruh shinobilar turtib ketishiga sal qoldi.
Sal oʻtmay ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent koʻchalarida yugurayotgan bir guruh samuraylar" sarlavhali video tarqaldi.
Video kadrlarda koʻrinib turibdiki, samuraylar guruhi yoʻlovchilar eʼtiborini tortgan va hatto ularga manzur kelgan. Aholi ularni bajonidil mobil telefonlarga videoga olib, kadrlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, Yashnobod tumanida restoran ochilishi munosabati bilan yollangan aktyorlar maxsus kiyimlarda ochilish marosimiga jalb qilingan.
Aktyorlarning xatti-harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari yoʻqligi taʼkidlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala