Rossiya

Migrantlar Rossiyadan vataniga qarzga pul joʻnatishlari mumkin boʻladi

Rabochiy na stroyke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Avvaliga migrantlar “Megafon”ning barcha salonlarida 5-15 ming rubl qarz olishlari mumkin boʻladi.
TOSHKENT, 6 okt – Sputnik. Mehnat migrantlari Rossiyadan vataniga kreditga pul joʻnatishlari mumkin.
Buni 11 oktyabrdan boshlab “Zolotaya korona” toʻlov xizmatlari tizimi yordamida amalga oshirishning imkoni boʻladi, deb yozadi “Vedomosti” nashri kompaniya direktorlar kengashi raisi Nikolay Smirnovga tayangan holda.
Avvaliga migrantlar kichik miqdorda qarz olishlari mumkin – 5-15 ming rubl. Kreditni “Strana ekspress” kompaniyasi taqdim etadi.
21 kun mobaynida kredit boʻyicha foiz olinmaydi, keyin u kuniga 1 foizni tashkil etadi.
Smirnovning soʻzlariga koʻra, qarzni “Megafon”ning barcha salonlarida olish mumkin boʻladi. Keyin qarzni boshqa salonlarda ham berish imkoniyati koʻrib chiqiladi.
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2021
Iqtisod
Oʻzbekistonga joʻnatilayotgan pul oʻtkazmalari oshdi - Markaziy bank
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala