O‘zbekistonda 87 ming nafardan ortiq bola koronavirusga qarshi emlandi

© SS0 / Unsplash / Ivan DiazShpris, illyustrativnoe foto
Shpris, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
Hududlardagi istalgan emlash punktida 12 yoshdan katta bolalar“Pfizer” vaksinasi emlanishi mumkin.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 87 ming nafardan ortiq bola koronavirusga qarshi ixtiyoriy ravishda emlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
“5 oktabr holatiga ko‘ra, yurtimizda 87 710 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar “Pfizer” vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi”, - deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, hozirda respublikada ommaviy emlash tadbirlari 3 138 ta emlash punktida va 862 ta harakatdagi brigadalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Hududlardagi istalgan emlash punktida 12 yoshdan katta bolalar ota-onalari va vasiylarining roziligi asosida koronavirusga qarshi emlanishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 28-sentabrdan O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalarni “Pfizer” vaksinasi bilan emlash boshlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0