Jamiyat

Oʻzbekistonlik bodibilder ayol Evelina Toshkentdagi JCH gʻolibasi boʻldi

© Yuriy KorsuntsevEvelina Yusupova zanyala pervoye mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente
Evelina Yusupova zanyala pervoye mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Eksklyuziv
Oʻzbekistonlik bodibilder ayol Evelina Yusupova jahon chempionatida gʻolibasi boʻldi.
TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Toshkentda "Xumo Arena" sport majmuasida bodibilding boʻyicha XII jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Musobaqada 150 dan ortiq delegatsiya vakillari ishtirok etdi, sportchilarning umumiy soni 300dan ziyod.
Hakamlarning qaroriga asosan oʻzbekistonlik bodibilder ayol Evelina Yusupova “WOMEN'S JUNIOR MODEL PHYSIQUE 21 YRS & UNDER” toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
© Yuriy KorsuntsevEvelina Yusupova zanyala pervoye mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente
Evelina Yusupova zanyala pervoye mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Evelina Yusupova zanyala pervoye mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente
Sputnik Oʻzbekiston muxbiri sportchi bilan suhbatlashdi.
Uning soʻzlariga koʻra, u besh yildan beri bidibilding bilan shugʻullanadi.
Sizda qachon bodibilding bilan shugʻullanish istagi paydo boʻldi? Hammasi nimadan boshlandi?
Ehtimol, oʻzim uchun yaxshiroq boʻlish, sport faoliyatida maʼlum yutuqlarga erishish - menga motivatsiya boʻldi.
© Yuriy KorsuntsevEvelina Yusupova zanyala pervoye mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente
Evelina Yusupova zanyala pervoye mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Evelina Yusupova zanyala pervoye mesto na XII chempionate mira po bodibildingu v Tashkente
Bunday koʻrinishga ega boʻlish uchun nimadan voz kechishga toʻgʻri keldi?
Birinchi navbatda bu - vaqt, kuniga 4ta mashgʻulot, sport zalda 6 soat oʻtkazaman.
Hammasini tashlab, odatdagi hayot tarziga qaytishni xohlagan payt boʻlganmi?
Men faqat 3,4 oʻrinni egallagan paytlar boʻldi, afsuslanganman, lekin bu menga motivatsiya boʻlib, yanada koʻproq mashq qilishga undadi.
© Yuriy KORSUNTSEVXII chempionat mira po bodibildingu v Tashkente
XII chempionat mira po bodibildingu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
XII chempionat mira po bodibildingu v Tashkente
Kuch mashqlarini bajarish uchun kuniga qancha ovqatlanish kerak. Ratsion nimadan iborat va kaloriya miqdori qancha?
Men kuniga 1 kilogramm qaynatilgan tovuq koʻkragi, 2ta qaynatilgan tuxum, taxminan bir hovuch yongʻoq va 7ta osh qoshiq grechka isteʼmol qilaman, bu taxminan 1300 kaloriya.
Bodibilding boʻyicha XII jahon chempionati gʻolibasi boʻlganingizda qanday his-tuygʻularni boshdan kechirdingiz? Siz uchun bu kutilgan holat boʻlganmi yoki syurpriz boʻldimi?
Rostini aytsam, men hayratda qoldim, chunki bundan oldin men faqat 2,3-oʻrinni egallaganman. Bugun esa ikkinchi toifadagi chempion deb eʼlon qilishdi, men hayratda qoldim, tan olaman, men uchun bu juda quvonarli boʻldi.
© SputnikV Tashkente v Humo Arena proxodit XII chempionat mira po bodibildingu
V Tashkente v Humo Arena proxodit XII chempionat mira po bodibildingu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
V Tashkente v Humo Arena proxodit XII chempionat mira po bodibildingu
Sizningcha, Oʻzbekistondagi ayollar bodibilding kelajagi qanday?
Albatta, agar davlatimiz bunga katta eʼtibor bersa, u rivojlanadi va bu sohada raqobat kuchayadi va shuning uchun rivojlanadi, odamlar aynan shu sport turiga qiziqishni boshlaydi.
Bugun oldingizga qanday vazifalar qoʻygansiz? Ularga qanday erishmoqchisiz?
Men bu sport turida yanada rivojlanib, sharafli oʻrinlarni zabt etishni xohlayman. Shuningdek, professionallar oʻrtasida jahon chempionati ham bor, u yerda raqobat juda katta, umid qilamanki, kelajakda menga omad koʻlib boqadi, sovrindor boʻlaman.
Kelgusida esa men oʻz shogirdlarimni tayyorlamoqchiman, ularning gʻalabalaridan xursand boʻlishni istayman.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala