Qiziqchi Valijon Shamshiyev bolalar maktabiga direktor etib tayinlandi

© Press-slujba Respublikanskoy detskoy shkoli "Barkamol Avlod"Komik Valijon Shamsiyev
Komik Valijon Shamsiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
Valijon Shamshiyev Yashnoboddagi “Barkamol avlod” bolalar maktabiga direktor bo‘ldi.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Qiziqchi va so‘z ustasi Valijon Shamshiyev Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori lavozimiga tayinlandi.
Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tayinlov Xalq ta’limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshirilgan.
“Hammamizning maqsadimiz bitta — O‘zbekiston kelajagini yanada gullatib yashnatish va uning uchun farzandlarimizni tarbiyalash. Farzandlar tarbiyasida qo‘limdan kelgancha sizlar bilan birgalikda xizmat qilaman", — deya o‘z xizmat vazifasiga kirishdi Shamshiyev.
Qayd etish joizki, 2019-yilning oktabrida O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan XTV tasarrufidagi “Barkamol avlod” respublika va hududiy bolalar markazlari negizida Respublika va hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil etilgan edi. Bunday maktablarda 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab "STEAM — ta’lim" dasturi joriy etilishi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0