Rossiya

Rossiya AQShni kimyoviy qurollarini yoʻq qilishiga daʼvat etdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishPloщadka otkrыtogo xraneniya obojjennыx boyepripasov s otravlyayuщimi veщestvami dlya posleduyuщey utilizatsii
Ploщadka otkrыtogo xraneniya obojjennыx boyepripasov s otravlyayuщimi veщestvami dlya posleduyuщey utilizatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Rossiya kimyoviy qurolni taqiqlash boʻyicha xalqaro konventsiyaga toʻliq amal qiladi, AQSH oʻzining kimyoviy qurollarini yoʻq qilmagan.
TOSHKENT, 6 okt – Sputnik. Rossiyaning Vashingtongdagi elchixonasi AQShni kimyoviy qurolsizlantirish dasturiini bajarishga chaqirdi. Bu xaqda RFning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasining maʼlumotlariga tayanib RIA Novosti xabar qildi.
“Rossiya kimyoviy qurolni taqiqlash boʻyicha xalqaro konventsiyaga amal qilgan holda 2017 yilda щz kimyoviy qurollar zahiralarini toʻla yoʻq qilgan. Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti bu hodisani tegishlicha hujjatlashtirgan. Ayni damda AQSH dunyodagi yagona oʻzining ulkan kimyoviy qudratini yoʻq qilmagan davlat boʻlib qolmoqda”, – deyilgan elchixona xabarida.
“Vashingtonni qisqa fursatlarda oʻzining kimyoviy qurolsizlantirish dasturiini amalga oshirib, dunyoni ushbu katta ofatdan himoyalab hamda xalqaro majburiyatlarini bajarishiga daʼvat etamiz” – deya qoʻshimcha qildi elchixona.
Shuningdek, elchixona, Rossiya tarafga aytilgan kimyoviy quroldan foydalanish ayblovlarni rad etdi va bu "agressiv tashviqot kampaniyasidir” deb xulosa qildi RFning Vashingtongdagi diplomatik korpusi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala