Rossiya qurilish maydonlariga migrantlarni olib kelish qachon boshlanadi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishRabochie na stroitelnoy ploshadke
Rabochie na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
RF qurilish vaziri o‘rinbosari Nikita Stasishin qurilish maydonlariga migrantlarni olib kelish qachon boshlanishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Oktabr oyining oxirigacha O‘zbekiston mehnat migrantlarini Rossiya qurilish maydonlariga olib kelish loyihasi boshlanadi, deb ma’lum qildi RF qurilish vaziri o‘rinbosari Nikita Stasishin.

"Dasturni kelishish jarayoni yakunlanmoqda. Yaqinda hukumat qarori chiqadi", - dedi vazir o‘rinbosari 100+ TechnoBuild forumining yalpi majlisi yakunida.

Hujjatda O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini olib kelish sxemalari ko‘rsatilgan. Shuningdek, barcha tashrif buyuruvchilar “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlanadi.
Stasishinning so‘zlariga ko‘ra, Qurilish vazirligi ishchi kuchi nafaqat uy-joylar, balki infratuzilma obyektlarini, shu jumladan "Vostochniy" kosmodromini qurilish olib borayotgan kompaniyalarga taqsimlanadi. Patentda quruvchilar ishlaydigan aniq kompaniya nomi ko‘rsatiladi.
Yangiliklar lentasi
0