Rossiyada koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

© Sputnik / Ilya PitalevMeditsinskie rabotniki perevozat telo umershego
Meditsinskie rabotniki perevozat telo umershego - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada pandemiya boshlangandan buyon eng yuqori o‘lim ko‘rsatgichi qayd etildi.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Rossiyada kecha koronavirusdan 929 kishi vafot etdi. Bu pandemiya boshlangandan buyon eng yuqori ko‘rsatgich. Bu haqda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish tezkor shtabi xabar qildi.
“O‘tgan sutkada 929 ta o‘lim tasdiqlandi... Rossiyada koronavirusdan o‘lganlar 212 625 kishini tashkil etmoqda”, - deyilgan xabarda.
Xususan, Moskvada 71, Sankt-Peterburgda 55, Sverdlov viloyatida 46 kishi vafot etgan.
O‘tgan kun davomida Rossiyada 25 133 kishi koronavirus aniqlangan. Jami kasallanganlar soni 7,6 milliondan oshib ketgan. Shulardan 6,7 millliondan ziyodi (+19 841) tuzalib ketgan.
Qayd etish joizki, bir necha kundan buyon Rossiyada koronavirus bilan kasallanish holatlari ortib bormoqda. Mamlakatning ayrim hududlari epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqqan holda karantin choralarini qayta joriy etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0