Saylov – 2021: MDH PA kuzatuvchilari guruhiga tojikistonlik parlamentariy boshchilik qiladi

© Pixabay / falco Gerb RUz
Gerb RUz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
MDH PA uzoq muddatli kuzatuvchilari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ular Toshkent shahri va viloyatlarda O‘zbekiston prezidenti saylovini kuzatadi va monitoring olib boradi.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining (MDH PA) uzoq muddatli kuzatuvchilari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Markaziy saylov komissiyasida MDH PA Kengashi kotibiyati raisi o‘rinbosari – MDH PA ishtirokchi-davlatlarida demokratiyaning rivojlanishi, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti (DPRXI) direktori Ivan Mushket boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev mehmonlarni saylov kampaniyasi tadbirlari bilan tanishtirib, saylov O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda Saylov kodeksiga muvofiq ochiq va oshkora o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

“MDH PA kuzatuvchilari guruhiga Tojikiston Majlisi namoyandagon Majlisi Oli raisi birinchi o‘rinbosari Mahmadali Vatanzoda boshchilik qiladi”, - deyilgan xabarda.

MDH PA kuzatuvchilari o‘z faoliyati davomida Toshkent shahri va viloyatlarda O‘zbekiston prezidenti saylovini kuzatadi va monitoring olib boradi.
Uzoq muddatli monitoring davomida DPRXI ekspertlari saylov kampaniyasining asosiy bosqichlarini kuzatadilar va tahlil qiladilar, shuningdek, saylov jarayonining ishtirokchilari: turli darajadagi saylov komissiyalari rahbarlari va siyosiy partiyalar shtablari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadilar. Uzoq muddatli kuzatuv natijasi sifatida yakuniy hisobot e’lon qilinadi.
Vibori v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
O‘zbekistonda MDH saylovlarni kuzatish missiyasi o‘z faoliyatini boshladi
Ma’lumot uchun: MDH PA kuzatuvchilar guruhi MDH saylovlarni kuzatish missiyasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga guruhning saylovlarni kuzatish bilan bog‘liq faoliyati MDH PAga a’zo davlatlarda demokratiya, parlamentarizmning rivojlanishi va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti (DPRXI) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Yangiliklar lentasi
0