Telegram foydalanuvchilari bir kunda 70 millionga ko‘paydi

© Sputnik / Grigoriy SisoyevTelegram
Telegram - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
Facebook va WatsAppdagi nosozliklar tufayli Telegram 70 million yangi foydalanuvchilarga ega bo‘ldi.
TOShKENT, 06 okt – Sputnik. Facebook tarmog‘ida sodir bo‘lgan nosozliklar tufayli Telegramda 70 milliondan ko‘proq yangi foydalanuvchilar ruyxatdan o‘tgan. Bu xaqda Telegram asoschisi Pavel Durovning so‘zlariga tayanib RIA Novosti xabar qildi.

“Kecha Telegram ilovasida rekord darajada yangi foydalanuvchilarning ro‘yxatdan o‘tganligiga guvoh bo‘ldik. Boshqa platformalardan biz tomon ko‘chib o‘tgan 70 millionga yaqin foydalanuvchilarimizni iliq kutib oldik”, – deb yozgan Durov o‘zining telegramdagi kanalida.

Eslatib o‘tamiz, 4-oktabr kuni kechqurun Facebook, Instagram va WhatsApp tarmoqlari deyarli 7 soat vaqt mobaynida ishlamay qolgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, buning sababi, dasturiy ta’minotni yangilashda xatolar yuz bergani bo‘lgan. Ushbu texnik nosozlik oqbiatida Facebook aksiyalari 8 mlrd. dollarga arzonlashgani aytilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0