Hodisalar

Toshkent viloyatida 200 mln soʻmdan ortiq qalbaki pulni tayyorlagan shaxslar ushlandi

© Press-slujba Slujbы gosudarstvennoy bezopasnosti UzbekistanaFalshivыe banknotы
Falshivыe banknotы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
DXX maʼlumotiga koʻra, 210 mln. soʻm miqdoridagi qalbaki 100 ming soʻmlik kupyuralar muomalaga chiqarib yuborilganligi aniqlandi.
TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. DXXning Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Olmaliq shahrida yashovchi, 1988 y.t. fuqaro "S.SH.S." qalbaki 100 ming soʻmlik kupyuradan iborat jami 50 mln. soʻmni 5 mln. soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Shuningdek, uning yashash manzilida 2 mln. 600 ming soʻm miqdoridagi qalbaki 100 ming soʻmlik kupyuralar borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Ekzamen po russkomu yazыku dlya migrantov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.07.2021
Hodisalar
Oʻzbek-qozoq chegarasini kesib oʻtish uchun qalbaki hujjatlarni sotgan hamshira qoʻlga tushdi
Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida ushbu qalbaki pullar Olmaliq shahrida yashovchi, 1999 y.t. "U.M.X." va Piskent tumanida istiqomat qiluvchi, 2001 y.t. "M.S.X."lar tomonidan kompyuter va rangli printer yordamida tayyorlanganligi maʼlum boʻlib, ular ham hibsga olindi.
Shuningdek, ushlangunga qadar ular tomonidan jami 210 mln. soʻm miqdoridagi qalbaki 100 ming soʻmlik kupyuralar muomalaga chiqarib yuborilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala