Yashnobodda “Lada” haydovchisi urib yuborgan velosipedchi halok bo‘ldi

© GUVD g. TashkentaV Yashnabadskom rayone voditel “Lada” sbil velosipedista
V Yashnabadskom rayone voditel “Lada” sbil velosipedista - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
Velosipedchi transport vositalari uchun kutilmaganda chapga burilgan.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Toshkent shahri Yashnobod tumanida “Lada 11184” haydovchisi velosipedchini urib yubordi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Hodisa 5-oktabr kuni taxminan soat 21:00 da tumandagi Jarqo‘rg‘on ko‘chasida ro‘y bergan. “Lada 11184” avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarayotgan 23 yoshli A.J. transport vositalari uchun kutilmaganda chapga burilgan velosipedchini urib yuborgan.
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2021
Toshkentda “Damas” urib yuborgan 10-sinf o‘quvchisi vafot etdi
Oqibatda velosipedni boshqargan 36 yoshli R.S. olgan tan jarohatlari tufayli halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0