Dunyoda

Belgiyada dunyoda birinchi ekoqabriston paydo boʻldi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishDerevyannыy grob
Derevyannыy grob - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Ushbu qabristonda joylar sotilmaydi, faqat 25 yilga ijaraga beriladi. Ushbu vaqt ichida qabrga qoʻyilgan hamma narsa "tabiatning bir boʻlagiga" aylanib ketishi kerak.
TASHKENT, 7 okt — Sputnik. Belgiyada dunyoda birinchi ekologik xavfsiz qabriston paydo boʻldi, deb xabar qilmoqda "Yevropuls".

Qabriston bor-yoʻgʻi 600 oʻringa moʻljallangan boʻlib, u yerda joylar sotilmaydi, faqat 25 yilga ijaraga beriladi. Ushbu vaqt ichida qabrga qoʻyilgan tobut va matolar, inson tanasi "tabiatning bir boʻlagiga" aylanib ketishi kerak, - deyiladi xabarda.

Yangi qabristonda marhumlarni faqat qayta ishlangan va biologik chirib ketishi mumkin boʻlgan tobutlarda koʻmishga ruxsat berilgan. Shuningdek bu yerda qabrlar ustiga yodgorlik, panjara yoki boshqa qurilmalar oʻrnatish ham taʼqiqlangan.
Qabristonda oʻrnatilgan barcha oʻrindiqlar yogʻochdan yasalgan. yoʻlaklar atrofida daraxtlar ekilgan boʻlib, ushbu daraxt shoxlariga marhumning ismi yozilgan chumchuq uya oʻrnatish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala