Dunyoda

“Elektr energiya uchun qarzdor”: Afgʻonistondan qochib ketgan amaldorlarning uylari sotiladi

LEP - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Afgʻonistondan qochib ketib, elektr energiya uchun toʻlamayotgan amaldorlarning uylari sotiladi.
TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Afgʻonistondan qochib ketib, elektr energiya uchun toʻlamayotgan amaldorlarning uylari sotiladi. Bu haqda TOLOnews nashri Afgʻoniston DABS energetika kompaniyasi direktori Safiullo Ahmadzoyga asosan xabar qildi.
Ayni vaqtda Afgʻonistonning xorijiy elektr energiyasi eksportchilaridan qarzdorligi 62 million dollarni tashkil etmoqda, deydi u.
Lampochka, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Jamiyat
Afgʻoniston Oʻzbekistondan elektr energiyasi uchun salkam 10 million $ qarzdor
Davlat kompaniyasi hukumat ruxsatini olgach, chet elga qochgan sobiq rejim amaldorlari va siyosatchilarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk sotishni boshlaydi: ularning baʼzilari yillar davomida elektr energiyasi uchun pul toʻlamagan.
DABS sobiq rahbari Daud Nurzay birinchilardan boʻlib shunday vaziyat tufayli afgʻon xalqi elektr energiyasiz qolishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Ilgariroq, Afgʻoniston elektr energiyasi uchun Oʻzbekistondan 9,9 million $ qarzdor ekanligi haqida xabar berilgandi. DABS kompaniyasi BMTning Afgʻonistonga yordam berish missiyasiga murojaat qilishga majbur boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala