Dunyoda

Finlyandiya yosh erkaklarni Moderna vaktsinasi bilan emlashni toʻxtatdi

© SS0 / Unsplash / Hakan NuralVaktsina, illyustrativnoye foto
Vaktsina, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Gap Spikevax vaktsinasi haqida bormoqda. Ushbu vaktsina finlyandiyalik oʻgʻil bolalar va 30 yoshgacha boʻlgan erkaklarga qoʻllanilmaydigan boʻldi.
TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Finlyandiyada yosh erkaklarni amerikaning Moderna kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Spikevax vaktsinasi bilan emlashni toʻxtatishdi. Bu haqda RIA Novosti Finlyandiya sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot milliy instituti vakili Miko Salminenaga tayanib xabar bermoqda.
"Kelajakda Moderna ishlab chiqargan Spikevax vaktsinasini 30 yoshgacha boʻlgan erkaklar va oʻgʻil bolalarga inʼyektsiya qilish taqiqlanmoqda. Bu vaktsina oʻrniga ular Biontech-Pfizer bilan emlanadi", - deb aytgan Miko Salminena.
Chorshanba kuni Shvetsiya va Daniya yurak kasalliklari rivojlanib ketishi xavfi mavjudligi tufayli ushbu vaktsina bilan emlashni toʻxtatishgan edi.
Ayni damda Finlyandiyada 72% aholi koronavirusga qarshi toʻliq emlanib boʻlgan, 84%i esa vaktsinaning birinchi dozasini olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala