IT Park eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun o‘quv kurslarni tashkil qildi

© It-ParkIt-Park otkril kursi dlya slaboslishashix detey
It-Park otkril kursi dlya slaboslishashix detey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Obuna bo‘lish
Eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun kompyuter kurslari surdo tarjima yordamida olib boriladi.
TOShKENT, 7 okt - Sputnik. IT Park eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun o‘quv kurslarni ishga tushirdi.
Ushbu loyiha imkoniyati cheklangan bolalar uchun axborot texnologiyalari sohasida sifatli va arzon ta’lim berishga mo‘ljallangan bo‘lib, tinglovchilarga Microsoft Office, Scratch dasturlash tili, shuningdek HTML va CSS dasturlari, Photoshop va Corel Draw yordamida grafik dizayn, kompyuter savodxonligi va veb-texnologiyalar 2 bosqichda o‘rgatiladi.
O‘quvchilarga axborot texnologiyalari sohasida yetakchi mutaxassislar bo‘lgan murabbiylar hamrohlik qiladi. Kurs o‘quvchilari surdo tarjima yordamida olib boriladi va uning bitiruvchilari "One Million Uzbek Coders" kursiga kirish imkoniga ega bo‘ladi.
O‘quv kurslari IT Park va Xalqaro elektron aloqa ittifoqi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0