Siyosat

Mirziyoyev yangi saylangan Yaponiya bosh vaziriga tabrik yoʻlladi

© AFP / TORU HANAIPremyer-ministr Yaponii Fumio Kisidu
Premyer-ministr Yaponii Fumio Kisidu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Fumio Kisida 4 oktyabr kuni yangi bosh vaziri etib saylangan edi.
TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fumio Kisidaga uning Yaponiya bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yoʻlladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mirziyoyev maktubida mamlakatlarning birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan Oʻzbekiston-Yaponiya hamkorligida mavjud ulkan salohiyat xalqlar farovonligi yoʻlida har tomonlama roʻyobga chiqishiga ishonch bildirilgan.
Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Fumio Kisida 4 oktyabr kuni mamlakatning yangi bosh vaziri etib saylangan edi. Uning nomzodini 448 nafar parlamentariylardan 311 nafari qoʻllab-quvvatlagan. Bunga qadar Kisida 2012-2017 yillarda Yaponiya tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala