Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzbekiston va Xitoy afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatishni muhokama qildi

© REUTERS / Saeed Ali AchakzaiSemya afganskix bejentsev s veщami vozle jeleznodorojnoy stantsii v Chamane, Pakistan
Semya afganskix bejentsev s veщami vozle jeleznodorojnoy stantsii v Chamane, Pakistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Xitoy elchisi Tszyan Yan bilan dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Xitoy elchisi Tszyan Yan bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Oʻzbekiston-Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ikki mamlakatning afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatish borasidagi saʼy-harakatlari, shuningdek Afgʻonistondagi vaziyat muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, diplomatlar Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi oʻzaro aloqalarning ayrim jihatlariga alohida eʼtibor qaratishdi.
Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston doimo bu mamlakatdagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori boʻlib kelganini taʼkidlagandi. Hozirgi murakkab sharoitda ham jafokash afgʻon xalqiga mamlakat qoʻlidan kelgan barcha zarur yordamni koʻrsatib kelmoqda. Xususan, yaqinda afgʻon xalqiga 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yordami joʻnatildi.
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Siyosat
Oʻzbekiston Afgʻonistonning tinch va mustaqil davlat sifatida shakllanishidan manfaatdor - TIV
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala