Migratsiya

Ayrim oʻzbekistonlik migrantlar Koreyadan deportatsiya qilindi - sabablar

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Seul
Goroda mira. Seul - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Janubiy koreyaga 5 oylik mavsumiy ishlarda ishlash uchun joʻnab ketgan Oʻzbekistonlik migrantlar deportatsiya qilindi.
TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. Janubiy Koreya Respublikasiga Oʻzbekistondan borgan mehnat migrnatlari mamlakatdan deportatsiya qilindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Oʻzbekistonlik besh yuzga yaqin mehnat muhojirlari YE-8 vizasi bilan 5 oylik mavsumiy ishlarga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasiga joʻnab ketishgan.
Lekin, migrantlarning baʼzilari 5 oylik muddat kelishiga yaqin oʻz ish joylarini tark etishgan va bu bilan shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzishgan.
Qonunbuzarlar mahalliy Koreya migratsiya xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi.
Deportatsiya qilingan migrantlarning aniq soni ochiqlanmagan.
Eslatib oʻtamiz, COVID-19 pandemiyasi davrida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya ikki tomonlama memorandumga imzo chekishgan. Unga koʻra, YE-8 vizasi Oʻzbekistonliklarga Janubiy Koreya hududida 5 oy muddatga shartnoma asosida ishlash huquqini beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala