Sport

Oʻzbekistonlik sambochilar Qozonda 3ta medalni qoʻlga kiritishdi

© Ministerstvo turizma i sporta UzbekistanaUzbekistanskiye sambistы zavoyevali tri medali na mejdunarodnom turnire v Kazani
Uzbekistanskiye sambistы zavoyevali tri medali na mejdunarodnom turnire v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Musobaqada 15ta mamlakatidan 207 nafar sportchi kurash olib bordi.
TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida oʻtkazilgan sambo boʻyicha “Tatariston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turnirida Oʻzbekiston sambochilari ham munosib ishtirok etishdi va respublikaga uchta medal bilan qaytib kelishdi. Bu haqda turizm va sport matbuot xizmati xabar qildi.
Sambistы Uzbekistana zavoyevali pervoye mesto v obщekomandnom zachyote chempionata Azii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Sport
Oʻzbekistonlik sambochilar Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida yetakchi boʻldi
-79 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Firdavs Xojimamatov finalgacha yetib bordi va kumush medalga sazovor boʻldi.
-98 kg vaznli sambochi Neʼmat Yoqubov ham musobaqaning kumush medali egasiga aylandi.
Jangovar sambo bahslarida esa -71 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sanʼat Ismanov bronza medali bilan qaytib keldi.
Toʻrtinchi marotaba tashkil etilgan ushbu musobaqada dunyoning 15 mamlakatidan 207 nafar sportchi sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib borishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala