O‘zbekistonning doimiy aholisi 2020-yilga nisbatan 2% oshdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPloshad Drujbi narodov
Ploshad Drujbi narodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2 foizga ko‘payib, 35 milliondan oshdi
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. 2021 yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston doimiy aholisi soni 35 million 79 ming 200 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ma’lumotda keltirilishicha, doimiy aholi soni 2020-yilga nisbatan 2 % ga oshgan. Demak, O‘zbekistonning doimiy aholisi so‘nggi 30-yil ichida 13,9 mln. kishiga oshgan.
Lyudi gulyayut v Parke Drujbi Narodov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2020
Mirziyoyev “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yilning 1-25 noyabrlarida aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Lekin mazkur keng qo‘lamli ishni amalga oshirishdan avval uning sinovi bo‘lib o‘tishi ham belgilangan.
Xususan, joriy yil 1-25 noyabr kunlari Andijon, Xorazm, Toshkent viloyatlarida hamda Toshkent shahrida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari eksperiment ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0