Besh nomzod:
Oʻzbekiston prezidenti saylovida kimlar ishtirok etmoqda

Barcha siyosiy partiyalar oʻz nomzodlarini koʻrsatishdi, keling ular bilan yaqinroq tanishaylik. Prezidentlikka nomzodlar nima taklif qilmoqda?
Saylov sanalari
14−20 oktyabr
muddatidan oldin ovoz berish
24 oktyabr
saylov kuni
3 noyabrgacha
yakuniy natijalar
1
5 yil
Oʻzbekistonda prezident boʻlish muddati
2
>50%
Birinchi bosqichda gʻalaba uchun toʻplash kerak boʻlgan ovozlar miqdori. Aks holda nomzodlar saylovning ikkinchi bosqichida bellashadi
3
2 nomzod
Agar birorta ham nomzod 50%dan ortiq ovoz jamlay olmasa, eng koʻp ovoz toʻplagan 2 nomzod ikkinchi turda bellashadi
4
15 kundan bir oygacha
Saylovning ikkinchi turini oʻtkazish muddati
5
gʻolib
Ikkinchi tur gʻolibi ovozlar soniga qarab belgilanadi
6
33%
Saylov boʻlib oʻtganini tan olish uchun unda kamida saylovchilarning 33% ishtirok etishi kerak
24 oktyabr kuni saylov uchastkalari ish tartibi
Saylov uchastkalari ertalab 8:00 dan kech soat 20:00 gacha ishlaydi
Saylov uchastkalarida boʻlgan barcha tibbiy niqobda boʻlishi, oʻzaro aloqalarni cheklashi, ijtimoiy masofa saqlashi hamda sanitayzerlardan foydalanishi kerak
Agar saylovchining tana harorati 37 gradusdan yuqori boʻlsa, u saylov uchastkasiga kiritilmaydi, lekin koʻchma saylov qutisi yordamida tashqarida turib ovoz berishga ruxsat beriladi
Saylov boshlanishidan 6 soat oldin saylov qoʻmitasining barcha uchastkalari dezinfektsiya qilinadi
COVID-19 bilan kasallanganlar uchun uyda yoki tibbiyot muassasaida ovoz berishga ruxsat beriladi
Har bir saylov uchastkasida kamida bir nafar tibbiy xizmatchi navbatchilik qiladi. U saylovchilar tana haroratini oʻlchash va niqob taqishni tekshirib turadi
Muddatidan oldin ovoz berish tartibi
1
Bunday imkoniyat saylov kuni oʻz uyida boʻlmaydigan fuqarolar uchun yaratilgan
2
Saylov uchastkasiga, muddatidan oldin ovoz berish ehtiyoji va uning sabablari koʻrsatilgan ariza bilan murojaat qilishi kerak boʻladi
3
Muddatidan oldin ovoz berish uchun belgilangan kunlarning birida saylov uchastkasiga kelib ovoz berish kerak
Xorijda yashayotgan fuqarolar qanday ovoz berishi kerak
Saylovdan kamida 15 kun oldin oʻziga eng yaqin manzilda joylashgan saylov komissiyasiga ariza berishi kerak yoki saylov.mfa.uz sahifasi orqali roʻyxatdan oʻtishi kerak.
24 oktyabr kuni saylov uchastkasiga kelib ovoz berishi kerak
Xorijda joylashgan saylov uchastkalarida ham muddatidan oldin ovoz berish imkoniyati mavjud
Nomzodlar

1
Bahrom Abduhalimov
Oʻzbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi nomzodi

1
Tugʻilgan sanasi
1959 yil 27 fevral
2
Tugʻilgan joyi
Toshkent
3
Millati
oʻzbek
4
Taʼlimi
oliy
5
Oʻqish joyi
Toshkent davlat universiteti
6
Mutaxassisligi va ilmiy darajasi
— sharqshunos-filolog
— tarix fanlari doktori
Mehnat faoliyati
1981-1983
SSSRning Liviyadagi elchixonasi xodimi
1983-1985
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi departamenti xodimi
1985-2003
Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi, ilmiy xodimi, olim kotib, Sharqshunoslik instituti direktori oʻrinbosari
2003-2004
Toshkentdagi Vestminster universiteti prorektori
2004-2006 va 2008-2014
Sharqshunoslik instituti direktori
2006-2008
Millatlararo munosabatlar va diniy ishlar boʻyicha prezident davlat maslahatchisi
2011 yildan
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti
2020 yildan
«Adolat» partiyasi siyosiy kengashi rahbari
Nomzod dasturi
«Adolat – hayotimizning bosh mezoni»
• Xalq deputatlari mahalliy kengashlari ahamiyatini oshirish

• Mustaqil va adolatli sud tizimini yaratish

• Kam taʼminlangan aholi uchun bepul huquqiy yordamni kengaytirish

• Sifatsiz mahsulot va asossiz narx oshirish uchun jazoni kuchaytirish

• Yagona tergov organi — Tergov qoʻmitasi tuzish. Jazoni oʻtash muassasalarini Adliya vazirligi boshqaruviga oʻtkazish

• Eng kam maosh miqdori va yashash uchun kerak boʻladigan mablagʻ tushunchalarini qonunga kiritish

• Turar joy narxini keskin tushirish va ijtimoiy himoyalanmagan fuqarolarni munitsipal uy-joy bilan taʼminlash

• Tabiiy gaz va elektr bilan birinchi navbatda ichki isteʼmolchilarni taʼminlash

• Barchani munosib pensiya bilan taʼminlash

• Ikki yoshdan katta boʻlgan barcha yosh bolalarni maktabgacha taʼlim bilan taʼminlash

• Oliy taʼlim kvotalarini bekor qilish

• 2030 yilga qadar ilm-fan sohasini moliyalashtirishni YAIMning 2%ga yetkazish

• 2030 yilga qadar Oʻzbekiston oziq-ovqat xavfsizlik kontseptsiyasini ishlab chiqish

• Ayollarni qoʻllab-quvvatlash va oilani mustahkamlashga alohida eʼtibor berish

• Iqtisodiy raqobat — imkon qadar, davlat boshqaruvi — kerak boʻlganda

• Iqtisodda monopoliyaning barcha turini yoʻq qilish, UzAuto Motors imtiyozlarini kamaytirish


2
Maqsuda Vorisova
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi nomzodi
1
Tugʻilgan sanasi
1961 yil 20 yanvar
2
Tugʻilgan joyi
Toshkent
3
Millati
oʻzbek
4
Taʼlimi
oliy
5
Oʻqish joyi
Toshkent tibbiyot instituti
6
Mutaxassisligi
terapevt-shifokor
Mehnat faoliyati
1984-1987
Toshkent tibbiyot instituti internaturasi
1987-1989
Toshkent shahar Uchtepa tuman 6-sonli poliklinika shifokori
1989-2018
Toshkent viloyati Zangiota tumani «Nazarbek» qishloq vrachlik punktida shifokor-terapevt
2009-2014
Zangiota tuman xalq deputatlari kengashi deputati
2014 yildan
Toshkent viloyati xalq deputatlari kengashi deputati
2015 yildan
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati aʼzosi
2018
Zangiota tumani 19-sonli oilaviy poliklinika mudirasi
2018 yildan
XDP Markaziy Kengashi raisi oʻrinbosari
Nomzod dasturi
«IJTIMOIY TENGLIK VA ADOLAT TARAFDORIMIZ!»
• Aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq solish tizimini joriy etish

• Mehnatga layoqatli fuqarolarni, eng kam yashash xarajatlardan 1,5 baravar koʻp maosh bilan taʼminlash, ularning shaxsiy tashabbuslarini ragʻbatlantirish

• Olis va chekka hududlarga shifokor va oʻqituvchilarni jalb qilishni ragʻbatlantiradigan dasturlar tatbiq etish

• Kam taʼminlangan fuqarolarni bepul birlamchi tibbiy yordam bilan taʼminlash

• Barcha fuqarolarni minimal bepul ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlash

• Qarovsiz bolalar va yolgʻiz qolgan keksa yoshli fuqarolarga alohida eʼtibor berish

• Oʻrta muddatlarda Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasini ikki baravar qisqartirish

• Iqtisodning innovatsion sohalariga moliyaviy va soliq imtiyozlari berish

• Ijtimoiy yoʻnaltirilgan iqtisodiyotda davlatning tartibga soluvchilik rolini yanada mustahkamlash

• Yashash uchun kerak boʻladigan eng kam mablagʻ tushunchasini qonunda belgilash

• Import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida tuman va shahar investitsion fondlari tashkil qilish

• Sanoat ipotekasi — tijorat banklari mablagʻlari evaziga korxonalar qurish va ularni tadbirkorlarga kredit yoki lizing shartnomalari asosida berish

• Oziq-ovqat va hayot uchun muhim mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha har bir hududning mahalliy rivojlanish dasturini tuzish

• Iqtisodda tizimli islohotlar, davlat qarzi va sarmoyalar masalasini jamoatchilik bilan muhokama qilish

• Kundalik ehtiyoj mahsulotlari va oziq-ovqat narxlari ustidan Davlat va Jamoatchilik nazorati oʻrnatish

• Ijtimoiy doʻkonlar yaratish, kam taʼminlangan fuqarolarni oziq-ovqat bilan taʼminlash davlat dasturi tuzish

• Ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar uchun arzon uy-joy qurishni qoʻllab-quvvatlash

• Shahar va boshqa aholi punktlarida yashil hududlarni kengaytirish

• Davlat tomonidan fuqarolarga bepul beriladigan tibbiy xizmatlar va dorilar roʻyxatini tuzish

• Barcha bolalarni maktabgacha taʼlim bilan taʼminlash, inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirish

• Aholining kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun kafolatlangan huquqiy yordam koʻrsatish, sudlarda xalq vakillari ishtirokini taʼminlash

3
Alisher Qodirov
Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi
1
Tugʻilgan sanasi
1975 yil 12 mart
2
Tugʻilgan joyi
Toshkent
3
Millati
oʻzbek
4
Taʼlimi
oliy
5
Oʻqish joyi
Egey universiteti (Turkiya, Izmir), Toshkent moliya instituti, Davlat boshqaruvi akademiyasi
6
Mutaxassisligi
filolog, iqtisodchi
Mehnat faoliyati
1996-1997
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Jizzax boshqarmasida yetakchi mutaxassis
1997-2008
Jizzax viloyati Davlat Mulki boshqarmasining yetakchi mutaxassisi
2008-2015
Jizzax viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi rahbari
2015 yildan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
2017-2019
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari
2019 yildan
«Milliy tiklanish» partiyasi Markaziy kengashi raisi
Nomzod dasturi
«QADRIYATLARGA TAYANGAN TARAQQIYOT»
• Bolalar bogʻchalarini davlat tomonidan taʼminlash va tarbiyachilar maoshini oshirish

• Har bir oʻqituvchining maoshini uning reytingi asosida belgilash: dars berish darajasi qancha yuqori boʻlsa, maosh ham shuncha yuqori

• Ish staji 10 yildan oshgan oʻqituvchilar maoshiga 50% qoʻshimcha toʻlashva oʻqituvchilarni 50 yoshida pensiyaga chiqarish

• Oliy taʼlim vazirligini bekor qilib, OTMlarda oʻzini-oʻzi boshqarish tizimini joriy etish

• Partiyalar roʻyxatlari va bir mandatli okruglar boʻychia parlament saylovlari oʻtkazish

• Xalq deputatlari mahalliy kengashlari rolini kuchaytirish va hokimlarga kengash raisi vazifasini egallashni taʼqiqlash

• Yagona Tergov Qoʻmitasi tashkil qilish va jazoni oʻtash muassasalarini Adliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazish

• Iqtisodni boshqarishda davlat rolini kamaytirish, monopoliyalarni bekor qilish, xususiylashtirishni kengaytirish, jumladan kommunal xoʻjalik va energiya manbaalari sohasida ham

• Iqtisodiy va boshqa imtiyozlarni faqat qonun asosida belgilash, prezident va Hukumat qarorlari asosida emas

• 2026 yilga qadar kapital va soliq amnistiyasi

• Iqtisodga islomiy moliyalash elementlarini kiritish

• Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan ayollar ish soatlarini kamaytirish

• Milliy urf-odat va qadriyatlarga hurmatsizlik uchun javobgarlik belgilash

• Oʻzbek tili maqomini mustahkamlash — til oʻrgatish markazlariga subsidiya berish

• OAVni QQSdan ozod qilish

• Oʻzbekistonning JSTga kirishini tezlashtirish

4
Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi nomzodi
1
Tugʻilgan sanasi
1957 yil 24 iyul
2
Tugʻilgan joyi
Jizzax viloyati Zomin tumani
3
Millati
oʻzbek
4
Taʼlimi
oliy
5
Oʻqish joyi
Toshkent irrigatsiya va Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti
6
Mutaxassisligi va ilmiy darajasi
— muhandis-mexanik
— texnik fanlar nomzodi
Mehnat faoliyati
1981-1992
Toshkent irrigatsiya va Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti kichik ilmiy xodimi, katta oʻqituvchi, dotsent
1990-1992
Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi deputati
1992-1994
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi
1995-2003
Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati
1996-2001
Jizzax viloyati hokimi
2001-2003
Samarqand viloyati hokimi
2003-2016
Oʻzbekiston bosh vaziri
2016 sentyabr – dekabr
Oʻzbekiston prezidenti v.b.
2016 yil dekabridan
Oʻzbekiston prezidenti
Nomzod dasturi
«INSON QADRI UCHUN»
● Vazifa — 5 yilda YAIM miqdorini 1,6 baravar oshirib, kambagʻallikni kamida 2 baravar kamaytirish, 2030 yilda aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadni 4 ming dollarga yetkazish

● Makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, 2023 yil oxiriga qadar inflyatsiya miqdorini 5%gacha kamaytirish, davlat qarzini YAIMning 50−60%idan oshishiga yoʻl qoʻymaslik

● 2022 yidan boshlab tuman byudjetining kamida 5%ini mahalliy aholi takliflari asosida ularning dolzarb muammolarini hal qilishga yoʻnaltirish

● YAIMda xususiy sektor ulushini 80%ga, eksportda 60%ga yetkazish

● Energetika bozori va bank sektorini erkinlashtirish, «yashil» iqtisodiyot oʻsishiga sharoit yaratish

● 2023 yildan boshlab QQS miqdorini 15%dan 12%ga tushirish, 2022 yildan boshlab korxonalar mulki soligʻini 2%dan 1,5%gacha

● Turli sohalarda monopoliyalar faoliyatini cheklash, jumdan yoʻl qurilishi, issiqlik taʼminoti va obodonlashtirish sohalarida ham

● Jamiyatda ayollar mavqeini oshirish, ayollar orasida ishsizlikni kamaytirishga alohida eʼtibor berish

● Kambagʻallikka qarshi kurash, kam taʼminlangan fuqarolar bilan ishlash, bepul tibbiy xizmatlar

● Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash, ushbu sohada davlat boshqaruv rolini kamaytirish, eksportga yoʻnaltirilgan ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash, yaylovlarni tiklash

● Maktabgacha taʼlim bilan 80%, oliy taʼlim bilan 50% aholini qamrab olish

● Tibbiyotni moliyalashni ikki baravar oshirish, xususiy tibbiyot ulushini 25%ga yetkazish

● Hududiy va mahalliy infratuzilmani rivojlantirish: shaharlarda 19 mln m2 zamonaviy uylar qurish, yashil hududlarni kengaytirish

● Mahalla huquq va vakolatlarini kuchaytirish, partiyalar rolini oshirish, davlat xizmatchilarini konkurs asosida tanlab olish

● Xususiy notijorat tashiklotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni ikki baravar oshirish

● Qonunchilikni erkinlashtirish: 10ta harakatni jinoiy javobgarliklar roʻyxatidan chiqarish, yumshatuvchi holatlar sonini 10tadan 15tagacha oshirish

● Davlat xizmatchilarining daromadi va mol-mulki deklaratsiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish

● Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga bepul huquqiy yordam koʻrsatish

● JSTga aʼzo boʻlish, YEOIIga integratsiyani chuqurlashtirish, boshqa hamkor davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish

5
Narzullo Oblomurodov
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi vakili
1
Tugʻilgan sanasi
1975 yil 22 yanvar
2
Tugʻilgan joyi
Samarqand viloyati
3
Millati
oʻzbek
4
Taʼlimi
Oliy
5
Oʻqish joyi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Birmingem universiteti (Britaniya)
6
Mutaxassisligi va ilmiy darajasi
— iqtisodchi
— iqtisod fanlari nomzodi
Mehnat faoliyati
1996-2001
«Deloitte and Touche» xalqaro audit kompaniyasi va Milliy bank xodimi
2001-2008
Markaziy bank ilmiy-tekshirish markazi xodimi, Banklar assotsiatsiyasi va Respublika fond birjasi xodimi
2008-2017
Toshkent toʻqimachilik instituti hamda Toshkent moliya institutida kafedra mudiri va fakultet dekani
2017-2020
Prezident Administratsiyasi xodimi
2020-2021
Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
s 2021
Oʻzbekiston Ekologiya partiyasi Markaziy kengashi raisi
Nomzod dasturi
«BIZ KELAJAK UCHUN JAVOBGARMIZ»
● «Yashil» iqtisod tamoyillari asosida Oʻzbekistonda ishlab chiqarishning barcha sohalarini tezlashtirish, ekologik toza texnologiyalarga oʻtishda davlat yordami koʻrsatish

● «Yashil» texnologiyalar sohalarida ilmiy teshirish va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish miqdorini oshirish

● Mamlakat iqtisodida «Yashil» sektor ulushini 30%gacha oshirish, har yili iqtisodning 7%ga oʻsishini taʼminlash

● 2050 yilgacha uglerodli energiya manbaalaridan foydalanishdan toʻliq voz kechish

● Ekologiya toʻgʻrisidagi qonunlarni tizimga solish — Oʻrmon, Suv va Ekologik kodeksldar ishlab chiqish

● Davlat ekologik ekspertiza tizimini isloh qilish, jamoatchilik muhokamasini yoʻlga qoʻyish

● Ekologik qonunchilik ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini oʻrnatish

● Aholining 90% toza ichimlik suv bilan taʼminlash

● Yirik shaharlar va sanoat markazlarini zararli moddalar bilan zaharlanish darajasini 1,5 baravar kamaytirish

● Suv tejash texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi yaratish

● Maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 40%, sanoat chiqindilarini 20%ga yetkazish

● Qoʻriqlanadigan tabiat hududlari maydonini respublika hududining 12% miqdoriga yetkazish

● Qurilish jarayonida ham daraxt kesishga kiritilgan moratoriyni saqlab qolish

● Orol dengizi fojeasi oqibatlarini yumshatish choralariga alohida eʼtibor berish

● Atrof muhitga salbiy taʼsir koʻrsatgani uchun qonuniy javobgarlikni kuchaytirish

● Ekologik zarar koʻrgan hududlarda kam taʼminlangan fuqarolarga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatish

● Maktabgacha taʼlim bilan aholining 100%ini qamrab olish, oliy taʼlim bilan - 40%

● Jamiyatda ekologik madaniyatning Milliy dasturini ishlab chiqish

● Atrof muhit haqida milliy hisobotlar, tahliliy materiallarni doimiy chop etib turish
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala