Rossiya

Rossiya Ukraina orqali gaz tranziti boʻyicha majburiyatlarga rioya qilish niyatida – Putin

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtish6 oktyabrya 2021. Prezident RF Vladimir Putin provodit v rejime videokonferentsii soveщaniye po voprosam razvitiya energetiki.
6 oktyabrya 2021. Prezident RF Vladimir Putin provodit v rejime videokonferentsii soveщaniye po voprosam razvitiya energetiki. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Rossiya prezidenti mamlakat Yevropaga Ukraina orqali gaz tranziti boʻyicha barcha shartnomaviy majburiyatlarini toʻliq bajarishi kerakligini taʼkidladi.
TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. Rossiya tomoni Yevropaga Ukraina orqali gaz tranziti boʻyicha barcha shartnomaviy majburiyatlarini toʻliq bajarishi kerak. Bu haqda Rossiya rahbari Vladimir Putin energetika masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum qildi.
“Birinchidan, hech kimni qiyin ahvolga solib qoʻymaslik kerak, jumladan, bugungi kunda rus-ukrain munosabatlari bilan bogʻliq barcha jihatlarga qaramasdan, Ukrainani. Ikkinchidan esa, hamma tomondan mutlaq ishonchli hamkor sifatida “Gazpromga” boʻlgan ishonchni yoʻqotmaslik zarur”, - dedi Putin.
U Rossiya Energetika vazirligi rahbari Nikolay Shulginovdan topshiriq ijrosi taʼminlanishini nazorat qilishni soʻradi.
Rossiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, “Gazprom” kompaniyaning hajmni kamaytirganlik uchun Ukrainaga jarima toʻlashi, lekin uning hududidan oʻtmaydigan yangi quvur tizimlarida qazib olishni koʻpaytirishi foydaliroq degan xulosaga kelgan.
Stroitelstvo gazoprovoda Severnыy potok-2 v Germanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2021
Kolumnistlar
Yevropa gaz bozori uchun jangda AQSH Rossiyaga yutqazdi
“Biroq bunday qilmasligingizni soʻrayman. Tranzitga oid barcha shartnomaviy majburiyatlarga toʻliq rioya qilish kerak”, - deya qoʻshimcha qildi Putin.
Yigʻilishda Putin Yevropaga gazni yangi quvurlar orqali yetkazib berish zamonaviy asbob-uskunadan foydalanish va xom ashyoni yuqoriroq bosim ostida qazib olish imkoniyatlari evaziga atmosferaga CO2 tashlanmalarini 5,6 baravarga kamaytirishga imkon bergan boʻlishi mumkinligini qayd etdi.
Shu bilan birga, Putinning soʻzlariga koʻra, Ukrainaning gaz transport tizimi orqali tranzitni koʻpaytirish mumkin, biroq bu “Gazpromga” zarar keltiradi, yangi infotuzilmalardan foydalanish esa yiliga uch milliard dollar iqtisod qilishga imkon bergan boʻlardi.

Gazning birja narxlari voqelikni aks ettirmaydi

Yigʻilish ishtirokchilari Yevropadagi gazning yuqori narxiga ham toʻxtatib oʻtishdi. Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Aleksandr Novakning soʻzlariga koʻra, birja qiymati bozordagi real vaziyatni aks ettirmaydi. U narxlarning dastlabki oʻsishiga Lotin Amerikasidagi jazira yoz sabab boʻlganini tushuntirdi, oʻshanda u yerga AQShning suyultirilgan tabiiy gazi yoʻllangan.
Bu boshqa bozorlardagi xom ashyo taqchilligiga sabab boʻlgan. Yevropada yerosti omborlaridagi yetishmaslik hozir oʻtgan yil bilan solishtirganda 25 millird kubometrga baholanmoqda.
Shaxter pokazыvayet ugol. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Kolumnistlar
"Qora yovuzlik" Yevropada rekordlar oʻrnatmoqda
“Bularning bari, albatta, jiddiy omillar, lekin men spekulyativ omillar ham bugun narxlarni juda jiddiy oshirib yuboryapti degan boʻlardim. Bunda birja oʻyinchilarini tekshirish kerak, hoynahoy, chunki hozir narx – u hozirgi vaziyatni xolis aks ettirmaydi”, - deya xulosa qildi Novak.
Oʻz navbatida, Putin Rossiya spekulyativ talab va shov-shuvni kamaytish uchun gaz taklifini oshirishi mumkinligini taʼkidladi, lekin buni Sankt-Peterburgdagi birjada bajarish kerak, Yevropadagi spot bozorida emas.
U bu masalani yana bir bor muhokama qilishni taklif qildi va Rossiya gazni birjada oʻziga ziyon boʻladigan tarzda sotmasligi kerakligini urgʻuladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala