Analitika

Rossiya yoqilgʻisi Yevropaga nega bunchalik qimmatga tushmoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishUgol
Ugol - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. Gaz ortidan koʻmir ham qimmatlashib bormoqda. Bir tonnasi uchun uch yuz dollar – bunaqasi yigirma yilda boʻlmagandi. Bozorda uning oshigʻi olchi. Bu qanchalik uzoq davom etadi va Rossiya qancha pul ishlab oladi? Bu haqda batafsil RIA Novosti tahlilida.

Koʻmirning qaytishi

Karbonat angidrid(CO2) tashlanmalarini qisqartirish chaqiriqlariga qaramasdan, koʻmirni yanada koʻproq sotib olishmoqda. Uni hatto ekologiya jihatdan “toza boʻlgan” Yevropaga ham olib ketishmoqda: u yerda gaz narxining rekord darajada qimmatlagani sabab qattiq yoqilgʻiga oʻtishlariga toʻgʻri keldi. YEIda gazning ming kubometri 1400 dollarga pullanyapti. Energetika kompaniyalarining joni halqumiga kelib turibdi. Ayrimlari xonavayron boʻlib boʻldi. Koʻmir – yagona najot.
Sentyabrda Germaniya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Frantsiya qattiq yoqilgʻida yetti million megavatt-soatcha ishlab chiqardi. Bu oʻtgan yilga qaraganda 35 foizga koʻproq.
6 oktyabrya 2021. Prezident RF Vladimir Putin provodit v rejime videokonferentsii soveщaniye po voprosam razvitiya energetiki. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Rossiya
Rossiya Ukraina orqali gaz tranziti boʻyicha majburiyatlarga rioya qilish niyatida – Putin
Ammo Yevropada koʻmir yetishmayapti. Asosiy yetkazib beruvchilar eksportni koʻpaytirishga ulgurishmayapti. Kontinentning shimoli-gʻarbida zaxiralarning oxiri koʻrinmoqda: toʻrt million tonnadan zoʻrgʻa oshadi.
Boz ustiga osiyolik xaridorlar bilan raqobat degan narsa ham bor. Xitoyda ham taqchil. U yerda musaffo osmon uchun koʻmir konlarini yopishdi.
“Bunga boʻlgan munosabatning keskin oʻzgarishi sabab hukumat haqiqatdan banklarni ishlab chiqarishni kengaytirish uchun koʻmir kompaniyalarini moliyalashtirish va kredit berishga majbur qilmoqla. Ustiga ustak XXR – nafaqat asosiy qazib oluvchi, balki asosiy isteʼmolchi ham”, - deb tushuntiradi Moliyalarni boshqarish oliy maktabining tahliliy tadqiqotlar boʻlimi rahbari Mixail Kogan.
Xitoy iqtisodiyoti tez qayta tiklanmoqda. Korxonalarga koʻproq elektrenergiyasi darkor. Koʻrinib turibdiki, mamlakat qattiq yoqilgʻidan keng foydalanishni davom ettiradi. Kommunistik partiya undan juda tez va erta voz kecha boshladi.
Boshqa yetkazib beruvchi mamlakatlar bilan mojarolar yuzaga keldi. “Pekin koʻmirning dunyo hajmining sakkiz foizi atrofida ishlab chiqariladigan Avstraliya bilan munosabatlarini buzdi. Bularning bari Xitoydan tashqari ham Hindiston, ham boshqa Osiyo mamlakatlariga xizmat koʻrsatadigan Indoneziyadan import qisqartirilganiga toʻgʻri keldi” – deydi “AMarkets” tahliliy departamenti rahbari Artyom Deyev.
Shaxter pokazыvayet ugol. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Kolumnistlar
"Qora yovuzlik" Yevropada rekordlar oʻrnatmoqda
Natijada Xitoyning uchdan ikki viloyatlarini elektr energiyasini iqtisod qilish rejimga oʻtkazishdi. Eng yirik neft-kimyo korxonalari toʻxtab qoldi. Taqchillik kutilganidek narxlarga taʼsir koʻrsatdi. Nafaqat Xitoyda. Yevropada qattiq yoqilgʻi Osiyoda qaraganda taxminan 14 foizga arzonroq turadi.
“Talab oʻsayotgan ekan, koʻmir isitish mavsumi oxiriga qadar ham Gʻarbda, ham Sharqda qimmatlashadi. Energetika inqirozi tahdidi kuchayadi”, - deb taxmin qiladi Deyev.

Qahraton qish va jazirama yoz

Soʻnggi yillarda dunyoning koʻmirga boʻlgan ehtiyoji kam edi. Yevropa, Xitoy va AQSH dekarbonizatsiyaga bel bogʻladi.
Pandemiya davrida qattiq yoqilgʻiga boʻlgan talabning tushib ketishini sof energiyaga oʻtish deb atashgandi. Ammo “koʻkalamzorlashtirish” vaqt talab qiladi. Bu tezda boʻlib qolmaydi.
Buning ustiga tabiiy ofatlarni ham unutmaslik zarur. Sovuq qish va jazirama yoz tufayli Yevropa yerosti gaz omborlari boʻshab qoldi. Gaz narxi jadal oʻsa boshladi. Neft kotirovkalari ham ortda qolmayapti.
Mana endi koʻmirni eslab qolishdi. Yevropa ishlab chiqaruvchilari Rossiyadan koʻproq eksport qilishni soʻrashmoqda.
Baralla aytishni, albatta, xohlashmayapti. Oldinda iqlim oʻzgarishiga bagʻishlangan galdagi konferentsiya turibdi. Parnik gazlari tashlanmalari haqida gapirishadi. Ularni qisqartirishga erishish mumkin, faqat koʻmirdan voz kechibgina – va qimmat gazda xonavayron boʻlib.
Stroitelstvo vetroparka v Adыgeye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Kolumnistlar
Yevropa Rossiyani "sovuq eksport qilishda" ayblamoqda
Yetkazib beruvchilarni tanlash uchun nomzodlar unchalik koʻp emas. Umid dunyoda qazib olinuvchi yoqilgʻi zaxirasi boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egallaydigan Rossiyadan. Qazib olish boʻyicha – oltinchi, eksport boʻyicha – uchinchi. Oʻtgan yili xorijga jami 200 million tonnacha yuborildi. Xitoy qariyb 29,5 tonna, Janubiy Koreya 23 tonnadan koʻproq, Yaponiya 21,5 tonna xarid qildi.
Ammo qazib olishni sezilarli oshirishga erishish dargumon. “Koʻmir qazib olish sanoati – bu choʻziladigan ishlab chiqarish. Yangi texnik kuchlar, tegishli ruxsatnomalar, hujjatlar lozim. Ikki yilcha vaqt talab qilinadi – niyatdan boshlab yangi konga ishlov berishni boshlashgacha. Rossiya shundoq ham Yevropa koʻmir yetkazib beruvchi asosiy davlat. Yiliga 40 million tonnadan ziyod joʻnatadi”, - deydi Artyom Deyev.
Mahalliy kompaniyalar, shubhasiz, qimmatlashayotgan xom ashyo ustidan pul ishlab olishadi. Osiyo bozorlarida 2019 yilda koʻmirning narxi tonnasiga oʻrtacha 90 dollar boʻlgan. hozir Yevropada – 300.
Shunga qaramasdan eksportning sezilarli koʻpaytirish kutilmayapti. Sinoptiklar sovuq qishni vaʼda qilishmoqda. Statistikaga koʻra, Rossiyadagi qishloq uylaridan uchdan bir qismi oʻtin yoki koʻmirda isitiladigan pechda isitiladi. Shahar turar-joy fondida bundaylar yetti foizni tashkil etadi.
“Qisqa muddatli istiqbolda ajiotaj talab saqlab qolinadi. Dunyo maydonlarida uni olibsotarlar qizdiradi”, - deb hisoblaydi RUDN dunyo iqtisodiyoti va biznesining “Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik” dasturi dotsenti Xadjimurat Belxaroyev.
Lekin “Shimoliy oqim – 2” ishga tushiriliga oz qoldi. Bozor gaz narxini barqarorlashtiradigan uzoq muddatli gaz shartnomalari tuzilishini kutmoqda. Soʻngra – qattiq yoqilgʻiga ham. Unutmaslik zarurki, bugungi kundagi katta talabga qaramasdan, dunyo baribir koʻmirdan voz kechmoqda.
Stroitelstvo gazoprovoda Severnыy potok-2 v Germanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2021
Kolumnistlar
Yevropa gaz bozori uchun jangda AQSH Rossiyaga yutqazdi
“Gaz yoki koʻmir yondiriladigan sanoat qozonlarida ish turli xususiyatga ega. Qattiq yoqilgʻi bilan qizdirishganda, asosan oʻtyoqarning qoʻl mehnatidan foydalanishadi. Yaʼni ish haqi, tibbiyot, qoʻshimcha ovqatlanish xarajatlari koʻpayadi. Gaz bilan esa – hammasi avtomatik ravishda. Tugma bosib qoʻyilsa bas”, - deya aniqlik kiritadi Belxaroyev.
Shunday boʻlsa-da, ustunliklar ham bor: koʻmir oʻzidan oʻzi yonib ketmaydi va ochiq maydonlarda saqlanadi. Amaliyotning koʻrsatishicha, sovuqda boshqa energiya manbalari ishdan chiqsa, qattiq yoqilgʻi isitadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala