Siyosat

Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida Rossiyaga tashrif buyuradi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishGosudarstvennыy vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan
Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Ikki mamlakat prezidentlari kelgusi oyda boʻlib oʻtadigan Rossiyaga oliy darajadagi davlat tashrifiga tayyorgarlik koʻrish masalalarini muhokama qildilar.
TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat avvalida Mirziyoyev Rossiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sogʻlik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, doʻst Rossiya xalqiga ega tinchlik-osoyishtalik va bardavom ravnaq tiladi.
Prezident Vladimir Putinning zamonaviy Rossiyani barpo etishdagi tarixiy roli hamda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshayotgan shaxsiy hissasi qayd etildi.
Mamlakatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
“Prezidentlar kelgusi oyda boʻlib oʻtadigan Rossiya Federatsiyasiga oliy darajadagi davlat tashrifiga tayyorgarlik koʻrish masalalarini muhokama qildilar”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Mirziyoyev va Putin xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan, shu jumladan Afgʻonistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtai nazaridan fikr almashdi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Andrey Rudenko Sputnik bilan suhbatda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga salmoqli hujjatlar toʻplami tayyorlab qoʻyilganini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala