Jamiyat

Toshkentda uch kunlik chaqalogʻini 9 ming $ga sotishga uringan ayol olti yilga qamaldi

CC0 / Pixabay / Novorojdennыy. Arxivnoye foto
Novorojdennыy. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Ayol norasidani 9 ming dollarga sotayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudida oʻz bolasini sotgan onaga nisbatan ish koʻrib chiqilib, sud hukmi oʻqildi. Bu haqda "Yoshlar" telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturida maʼlum qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, sudlanuvchi 23 yoshli namanganlik ayol. Avval turmushga chiqmagan. 2020 yilda Toshkentga ishlash maqsadida keladi va oʻsha yilning noyabr oyida homilador boʻlib qoladi. 2021 yilning iyul oyi boshlarida ijarada birga yashab turgan tanishi undan tugʻilajak bolasini unga berishini soʻraydi. U buning evaziga pul taklif qilgan.
Jamiyat
Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan oʻzga xech kim, hech nima kerak emas edi
Sudlanuvchi ayol 19 avgust kuni dugonasi bilan oldindan til biriktirib, oʻzining uch kunlik farzandini sotish va buning orqasidan moddiy boylik orttirish rejasini tuzgan. U norasidani 9 ming dollarga sotayotgan vaqtida departamentning Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani va DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
"Birga yashab kelgan opa bolamni sotishimni soʻradi. Men sotmasligimni, bola oʻzimizga ham kerakligini aytdim. Shunda u oʻzining eriga bolani sotishimni aytib, undan pul undirishimizga undadi", — deydi sudlanuvchi.
Ayni paytda qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi ayol Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi "a" bandi (odam savdosi) bilan aybdor deb topilgan va unga olti yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi hukm qilingan. Ayolning farzandi esa vasiylik organlariga topshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala