Vladimir Putin 69 yoshga to‘ldi

© Sputnik / Alexei Druzhinin / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin v formate videokonferensii prinimayet uchastie v torjestvennoy seremonii po sluchayu nachala soorujeniya tretyego energobloka AES "Akkuyu" v tureskoy provinsii Mersin
Prezident Rossii Vladimir Putin v formate videokonferensii prinimayet uchastie v torjestvennoy seremonii po sluchayu nachala soorujeniya tretyego energobloka AES Akkuyu v tureskoy provinsii Mersin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Obuna bo‘lish
Odatda ish tartibida o‘tadigan tug‘ilgan kun - Rossiya prezidenti turli yillarda tug‘ilgan kunini qanday kutib olgan edi?
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bugun 69 yoshni qarshi oldi, RIA Novosti xabariga asosan.
Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga aytishiga qaraganda, bugun tug‘ilgan kun bo‘lishiga qaramasdan Putinni belgilangan ish tartibi mavjud, lekin bir narsaga shubha yo‘q - kechni u do‘stlari va oilasi bilan o‘tkazadi. “Odatda ko‘pincha shunday bo‘ladi”, – deb qo‘shimcha qildi Kreml vakili.
Bu Putinning ish kun tartibini uzmasdan o‘tkazadigan birinchi tug‘ilgan kun emas. Xususan o‘tgan yili kunning birinchi yarmini ichki kun tartibi va xalqaro telefon qo‘ng‘iroqlariga bag‘ishlagan – ularning soni o‘ndan oshgan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2016
Putin o‘z tug‘ilgan kunida 10 nafar generalni lavozimidan ozod qildi
2013 yilda Putin 61 yoshini Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) davlatlari sammitida Balida kutib olgan edi. O‘sha vaqtdagi Indoneziya prezidenti Susilo Bambangni Rossiya rahbariga gitara chalib "Happay Birthday to You" qo‘shig‘ini ko‘ylab bergan edi, anjumanniy boshqa ishtirokchilari unga jo‘r bo‘lishgandi. O‘sha kuni Yaponiya bosh vaziri Putinga sake, Xitoy rahbari esa tort sovg‘a qilgan edi.
Prezidentlik davridagi o‘zining birinchi tavallud ayyomlaridan birini Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan nishonlagan. "Yashirmayman, biz bir rumka aroq ichdik va qandaydir kolbasa yegan edik", - deb eslaydi o‘sha tug‘ilgan kunni Rossiya prezidenti.
2014 yilda Putin o‘z tug‘ilgan kunida Sibirning Tayga o‘rmonlariga yo‘l olgan edi. U yerda Rossiya prezident tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazib, o‘rmon va tog‘larda 9km masofa bosib o‘tgan.
2015 yilda Rossiya prezidenti o‘z tug‘ilgan kunini Sochida, Rossiyaning boshqa yetakchi rahbar va biznesmenlari bilan xokkey o‘ynab o‘tkazgan edi. O‘shanda Putin 7ta gol urgan.
Prezident uchun sovg‘alar
Putinning tug‘ilgan kunida olgan eng noodatiy sovg‘alardan biri – ikki oylik Ussuriya yo‘lbarsi, keyinchalik Gelendjikdagi “Safari bog‘iga” sovg‘a qilingan.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, an’anaviy tarzda sovg‘alarning aksariyati prezident kutubxonasiga yuboriladi va o‘sha yerda saqlanadi, lekin Putin do‘stlari va tanishlaridan sovg‘alarni o‘zi uchun ham saqlab qoladi.
Putinning tug‘ilgan kuni munosabati bilan Chechenistonda mazkur kunda ot poygalari tashkil qilinib, g‘oliblariga esa sovrin tariqasida avtomobil topshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0