Dunyoda

YEI gaz narxi sababli Rossiyaga ogohlantirish berdi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishP/k po sluchayu nachala predsedatelstva Bolgarii v Sovete Yevropeyskogo Soyuza
P/k po sluchayu nachala predsedatelstva Bolgarii v Sovete Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
YEI elchisi Ederer Rossiyani gaz bilan bogʻliq vaziyat tufayli obroʻsiga putur yetish xavfi haqida ogohlantiradi.
TOSHKENT, 8 okt –Sputnik. Yevropadagi gaz narxi bilan bogʻliq vaziyat ishonchli energiya manbalari yetkazib beruvchisi boʻlgan Rossiyaning obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bu xaqda YEI elchisi Markus Ederer RBK bilan boʻlgan suhbatda maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, tabiiy gaz narxining koʻtarilishi nafaqat Yevropani, balki Moskvani ham bir necha sabablarga koʻra xavotirga solishi kerak.
"Birinchidan, bu Yevropadagi gazni qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan almashtirish jarayonini tezlashishiga olib kelishi mumkin", deya aniqlik kiritdi diplomat.
Ikkinchidan, Rossiya, uning fikricha, oʻsib borayotgan talablarga yetarlicha javob qaytara olmasa, ishonchli yetkazib beruvchi maqomini yoʻqotishi mumkin.Elchining soʻzlariga koʻra, ushbu vaziyatda koʻpchilik Moskvaning harakatsizligini "Shimoliy oqim - 2" ishini tezlashtirish maqsadidagi bosim sifatida qabul qilmoqda.
Ogon na gazopererabatыvayuщey stantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Iqtisod
Tabiiy gaz importi bojxona bojidan ozod qilindi
"Koʻtarilgan talabga javoban, energiya manbalarining ishonchli yetkazib beruvchisi yetkazib berishni koʻpaytirishi mumkin edi, Xalqaro energetika agentligi ham yetkazib beruvchini shunga chaqirmoqda", - deya xulosa qildi Ederer.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Gazprom" gaz etkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajarayotganini va bajarishda davom etishi kerakligini taʼkidlagan edi. Shu bilan birga, u bozorda, masalan, Sankt-Peterburg fond birjasida taklifni ehtiyotkorlik bilan oshirish imkoniyatlarini koʻrib chiqishga chaqirdi.
Gollandiyaning TTF indeksiga koʻra, Yevropaning koʻk yoqilgʻi bozoridagi hozirgi narxi chorshanba kuni rekord qiymatga yetdi - har ming kubometr uchun ikki ming dollarga yaqinlashdi, biroq payshanba kuni tusha boshladi va 1000 dollardan pastga tushib ketdi. Shundan soʻng, gaz narxi biroz koʻtarildi va Moskva vaqti bilan 18.00 da 1161 dollarga baholandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala