Indoneziya o‘zbek-xitoy vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi

© https://t.me/vaksinauzbVaksina ZF-UZ-VAC2001
Vaksina ZF-UZ-VAC2001 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2021
Obuna bo‘lish
Inoneziyada o‘tkazilgan sinovlarda ZF-UZ-VAC2001 havfsiz va yetarli darajada samarali deb topildi.
TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Indoneziyaning dori preparatlari nazorati agentligi (BPOM) ZF-UZ-VAC2001 (xalqaro nomi Zifivax) vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, vaksinaning I, II va III bosqichi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va xavfsiz deb topilgan. Vaksina olganlarda bosh og‘rig‘i, tana harorati oshishi yengil kechgan. Vaksinaning umumiy samaradorligi, - 81,71%ni tashkil qilgan.
Shuningdek, vaksina koronavirusning turli shtamlariga qarshi turlicha samaradorlik ko‘rsatan. Xususan dastlabki Covid-19 shtammiga qarshi - 92,2 %, Gamma-shtammga qarshi - 100%, Delta-shtammga qarshi - 77%, kappa-shtammga qarshi - 90% samaradorlik ko‘rsatgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Indoneziyada vaksina sinovining 3-bosqichida 4000 nafar ko‘ngillilar ishtirok etgan.
Bugungi kunda Indoneziyada yana 8ta vaksinadan foydalanishga ruxsat berilgan: Sinovac, Bio Farma, Moderna, Pfizer, AstraZeneca, Sinopharm va CanSino.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziya aholi soni bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinni egallaydi. Ushbu mamlakatda 276 mln kishi yashaydi. Bugungi kunda ushbu mamlakatla koronavirusga chalinganlar soni 4,2 mln kishini, vafot etganlar 142 ming kishini tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0