Siyosat

Koʻpvektorli tashqi siyosatning oʻzbek modeli nima - Kamilov

© "Pravda Vostoka"Abdulaziz Kamilov
Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Hamma intilayotgan “koʻp qutbli dunyo” tushunchasining oʻzi koʻpvektorli xalqaro hamkorlikni nazarda tutadi - Kamilov.
TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, “Pravda Vostoka” nashriga bergan intervyusida Oʻzbekiston tashqi siyosatida “koʻp vektorlik” nima uchun kerakligini tushuntirib berdi.

Global raqobatda suverenitet

Realistik nazar bilan qaraganda, bugungi dunyoda yirik davlatlarning murosasiz raqobati Markaziy Osiyo ham davom etayotganini va uning tobora keskinlashib borayotganini koʻrish mumkin, deydi diplomat.
“Yirik davlatlar intilishlari aksariyat hollarda oʻzaro ziddiyatli boʻlib, ularning manfaatlari toʻqnashuvi hudud manfaatlariga javob bermaydi. Baʼzan ular Markaziy Osiyo davlatlari oldida “geosiyosiy tanlov” shartini qoʻyadi”, - deydi Kamilov.
Bunday vaziyatda, har qanday suveren davlat tashqi tashqi kuch manfaatidan xoli boʻlishi, oʻz irodasi bilan, oʻz manfaatlari yoʻlida emin-erkin harakat qilishni istaydi. Afsuski, zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida, har doim ham buni uddalash qiyin.
Biz dunyoning yirik davlatlari raqobati mintaqamiz mamlakatlari uchun salbiy oqibatlarga olib kelishini istamaymiz. Axir tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, afgʻon mojarosining kelib chiqishi dunyo boʻyicha tarqalgan ikkita siyosiy tizimning “sovuq urush” yillaridagi global qarama-qarshiligi bilan bogʻliq ekanini koʻrish mumkin, - deydi Kamilov.
Shu sababli ham, biz u yoki bu pozitsiyani tanlashda, tashqi kuchlar foydasini koʻzlashga majbur boʻlmasligimiz kerak.
Bugungi Oʻzbekiston tashqi siyosati, ana shunday vaziyatlarning oldini olish, milliy manfaatlar poymol boʻlmasligiga qaratilgan va quyidagi tamoyillar asosida olib borilmoqda:
1.
Yaqin va uzoq davlatlar bilan muvozanatli strategik sheriklik tizimini shakllantirish;
2.
Qoʻshni davlatlar bilan konstruktiv va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirish;
3.
Global oʻzgarishlarning taʼsirini yumshatuvchi mintaqaviy xavfsizlik tizimi barpo etish.
Undan tashqari Oʻzbekiston harbiy bloklarda ishtirok etmaydi. Bugungi kunda Respublika oʻz milliy xavfsizligini taʼminlash uchun yetarli salohiyatga ega.

Koʻpvektorli tashqi siyosatining oʻzbek modeli

“Koʻp vektorlilik” tushunchasiga qandaydir salbiy maʼno berish oqilona ish emas. Hamma intilayotgan “koʻp qutbli dunyo” tushunchasining oʻzi barcha uchun koʻpvektorli xalqaro hamkorlik muhim ekanini nazarda tutadi.
“Bizning tushunchamizda koʻpvektorlilik ijobiy va konstruktiv maʼnoga ega. Biz turli yirik sheriklarimizga “teng masofadagi uzoqlik” emas, balki “teng masofadagi yaqinlik” tamoyilini qoʻllaymiz”, - deydi Kamilov.
Koʻpvektorli tashqi siyosat borasidagi oʻzbek modelining asosiy xususiyatlaridan biri shuki, uning ustuvor vektori, bu — milliy manfaatdir, deb davom ettirdi vazir.
Shu bilan birga, tashqi ishlar vaziri, Oʻzbekiston koʻpvektorli tashqi siyosatida ham yaqin vaqt ichida oʻzgarishlar sodir boʻlishi mumkinligi ehtimoldan xoli emasligini aytib oʻtdi.
"Fikrimcha, Oʻzbekiston tashqi siyosatida pragmatik koʻpvektorli modelni qoʻllash boʻyicha chuqur ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish vaqti keldi, chunki bu boradagi amaliyotimiz oʻziga xos tajriba va xususiyatlarga ega", - dedi intervyu yakunida Kamilov.
Maʼlmuot uchun, hozirgi kunda Oʻzbekiston dunyodagi 135 dan ortiq davlat bilan teng huquqli munosabatlar, 120 dan ziyod mamlakat bilan oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston 55 ta elchixona, konsullik idoralari va xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonalaridan iborat diplomatik tarmoqqa ega.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala